Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat tomonidan byudjet loyihasini kо‘rib chiqishi


Download 0.8 Mb.
bet79/112
Sana25.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1719765
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   112
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat tomonidan byudjet loyihasini kо‘rib chiqishi:
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat byudjeti loyihasiga ilova qilingan byudjet taqchilligini hisobga olgan holda davlat byudjeti loyihasining daromadlar va xarajatlarining har qanday moddasini qaytadan kо‘rib chiqadi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan xarajatlar moddasining oshirilishi boshqa xarajat moddalarining mos ravishda qisqarishini kо‘zda tutishi, yoki daromadlarning ortishiga asoslangan bо‘lishi kerak. Xuddi Shunday daromad moddalarining qisqarishi boshqa daromad moddalarining ortishini, yoki ma’lum xarajatlarning qisqarishini kо‘zda tutishi lozim.
О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti qonuni tasdiqlangandan sung uch kunlik muddat ichida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlariga ularning daromad va xarajatlari, Shuningdyek, ularga respublika byudjeti tomonidan ajratiladigan byudjet dotasiya va subvyensiyalarining hajmi tо‘g’risida ma’lumotni beradi. Shundan sо‘ng, kengash ikki xaftalik muddatda О‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti doirasida о‘z byudjetlarni tasdiqlaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasining Jokargi Kengyesi va Toshkyent shahri, viloyatlar xalq dyeputatlari uch kunlik muddati ichida shahar va tumanlar hokimiyatlar ular byudjetining daromad va xarajatlari Shuningdyek Yuqori turuvchi byudjetdan ularga ajaratiladigan dotasiya va subvyensiyalar hajmi tо‘g’risidagi ma’lumotni yetkazadi.
Tasdiqlangan daromad va xarajatlarning hajmi bо‘yicha ma’lumotlar berish.
Davlat byudjeti haqidagi qonun qabul qilinganidan kyeyin О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir xaftalik muddat ichida О‘zbekiston Respublikasi Soliq Qо‘mitasi va Bojxona Qо‘mitasini tasdiqlangan daromadlar hajmi bо‘yicha ma’lumotni beradi. 10 kunlik muddat ichida Moliya vazirligi Respublika byudjetidan Moliyalashtiriladigan tashkilotlarni belgilangan daromad va xarajatlar hajmi bо‘yicha ma’lumotni beradi. Mahalliy darajadagi korxona va tashkilotlarga byudjet daromad va xarajatlari tо‘g’risidagi ma’lumotni berish xuddi Shu tarzda bir xaftalik ichida amalga oshiriladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling