Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Download 0.8 Mb.
|
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va
3. Davlat kreditini boshqarish
Davlat kreditini boshqarishni keng va tor ma’nolarda kо‘rib chiqish mumkin. Keng ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning faoliyati bilan bog’liq bо‘lgan uning Moliyaviy siyosati yо‘nalishlaridan birini shakllantirish tuShuniladi. Moliyaviy siyosatning yо‘nalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qо‘lidadir. Faqat ular byudjet defisitining umumiy hajmini va dyemak, uni Moliyalashtirish uchun zarur bо‘lgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga ta’sir qilishning asosiy yо‘nalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznyes va mamlakat ayrim mintaqalarini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda dyefisitliligi va Yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar Moliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bо‘lgan Yuqori foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish bо‘yicha katta xarajatlar soliq tuShumlarining katta qismini о‘ziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defisiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilayapti. Tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlat qarziy majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat kо‘rsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog’liq bо‘lgan harakatlar majmui tuShuniladi. Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni yechish kо‘zda tutiladi: qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish; bozorni davlatning qarziy majburiyatlari bilan ortiqcha tо‘lib kyetishiga va ular kursining keskin tyebranishiga yо‘l qо‘ymaslik; jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; kreditlarning о‘z vaqtida qaytrilishini ta’minlash; Moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish. Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, Moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni opyerativ boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling