2. Byudjetdan Moliyalashtirish: ta’rifi, prinsiplari, usullari, shakllari va myetodlari
Byudjetning xarajatlaridan foydalanish byudjetdan Moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan Moliyalashtirish deyilganda Rejada kо‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’yektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tuShuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning о‘ziga xos bо‘lgan shakl va myetodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Byudjetdan Moliyalashtirishning prinsiplari, shakllari va myetodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bо‘lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali byudjetdan Moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Byudjetdan Moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, Moliyalashtirish prinsiplari muhim rol о‘ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan Moliyalashtirishning prinsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bо‘lish mumkin. Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag’ oladigan barcha sub’yektlarning faoliyatiga tyegishlidir. Xususiy prinsiplar esa sub’yektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda byudjet mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan Moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
minimum xarajatlarda maksimum samarani olish. Byudjet mablag’lari ulardan foydalanishning eng Yuqori natijaliligi (samaraliligi) ta’minlangan sharoitdagina (shartdagina) taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini yechish, ikkinchi tomondan esa, byudjet assignovaniyalari oluvchilar daromadlarining о‘sishi hisobidan pul mablag’larining byudjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin;
byudjet assignovaniyalaridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi. YUridik shaxslar byudjetdan mablag’larni oldindan maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan byudjet asosida olishi mumkin. Bu prinsipga qat’iy rioya qilish byudjet assignovaniyalaridan samarasiz foydalanishga tо‘sqinlik qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |