Moliya” fanidan masalalar (2-kurs 4-semestr uchun)


Download 27.28 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi27.28 Kb.
#1515872
  1   2   3
Bog'liq
HBA-90 2-ON 2022-2023


Moliya” fanidan masalalar (2-kurs 4-semestr uchun)



  1. Quyidagi ma’lumotlar asosida “ABC” kompaniya aksiyalari uchun daromadlilikning o’rtacha kutilgan stavkasi va standart og’ishini aniqlang.

Iqtisodiyot holati

“ABC” kompaniyaning daromadlilik stavkasi

Ehtimollik

O‘sish

50%

0,15

Normal

30%

0,50

Pasayish

– 10%

0,35



  1. Tasavvur qiling, farzandingiz 8 yoshda va siz universitetda o‘qishini ta’minlash uchun omonat ochishni rejalashtirmoqdasiz. Hozirda universitetda o‘qish uchun yillik to‘lov 7000 sh.b.dagi mablag‘ni tashkil etadi va yiliga 3% ga oshishi kutilmoqda. Siz bank hisobvarag‘iga 1500 sh.b. dagi mablag‘ni yiliga 6% stavkada qo‘ysangiz, o’n yildan so’ng farzandingizni o’qishi uchun to’lovni amalga oshira olasizmi? Qancha miqdorda mablag’ qo’ysangiz o’qish pulini to’lay olasiz?

  2. Faraz qilaylik, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 240,0 mln so‘m investitsiya qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo‘yicha 75,0; 110,0; 185,0 va 135,0 mln so‘mni tashkil etadi. Bunda diskontlash stavkasini quyidagicha belgilab olamiz: 9 %; 12%; 14%; 14%. U holda loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqmi.

  3. Faraz qilaylik, 20000 $ niyillik foiz stavkasi 9 % bo’lgan AQSH dollardagi amerika loyihasiga yoki yillik foiz stavkasi 5 %ni tashkil etuvchi iyendagi yapon loyihasiga investitsiya qilmoqchisiz. Ayirboshlash kursi hozir 1 $ uchun 100 ¥. Bir yildan so’ng dollarning iyenga nisbatan kursi 1 $ uchun 95 ¥ bo’ldi. Ushbu holda qaysi bir loyihaga pulni yo’naltirgan bo’lardingiz.

  4. 5000 dollar pul 6 foiz stavkada 12 yilga investitsiya qilindi. Investitsiyadan olinadigan foyda qancha bo'ladi?

  5. Siz bankka 10 mln.so’mni yillik 17% dan 7 oy muddatga omonatga qo’ydingiz. Murakkab foiz formulasi orqali 7 oy uchun hisoblangan foiz miqdorini aniqlang

  6. Suhrob bankka 1800000 so’mni ma’lum muddatga yillik 16% dan omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1009613 so’m hisoblangan foizlarni taqdim etdi. Murakkab foiz formulasidan foydalangan holda omonat muddatini aniqlang.

  7. 3,5 yilga 20 mln.so‘m miqdorida kredit berildi. Birinchi yil uchun foiz stavkasi 150%, qolgan vaqtda har yarim yilda stavka 10%ga oshadi. Oshgan summani aniqlang.

  8. Renta muddati 10 yil. Har yil oxirida bir marta 400 ming so‘m to‘lanadi. Foiz stavkasi 5%. Oshgan summani aniqlang.

  9. Yillik renta besh yillik muddat bilan 2000 ming so‘mni tashkil qiladi (i=0,06). Buni 8 yillik rentaga almashtirish talab etiladi. Boshqa shartlar o‘zgarmas.

  10. Bobir hozir 25 yoshda, u 65 yoshda pensiyaga chiqishni mo’ljallab qo’ygan va 90 yoshgacha yashashga umid qiladi. Uning mehnat haqi yiliga 60,0 mln so’mni tashkil etadi va u keyingi 65 yil davomida iste’molga sarflanadigan real xarajatlar darajasini saqlab qolishni o’ylab qo’ygan. Faraz qilaylik real mehnat haqi o’sishi emas, real foiz stavkasi yiliga 3 foizni va soliq stavkasi esa 15 % tashkil etadi. U holda:

  1. Bobirning inson kapitali qiymati qancha?

  2. Bobirning jamg’rama pensiyaga qanchadan pul to’plashi zarur?

  3. Siz pensiyaga chiqqanigizda o’zingizni xarajatlaringizni qanday moliyalashtirmoqchisiz?

  1. Yoshingiz 25 da va siz universitetning “Biznesda boshqaruv” mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasini olishni rejalashtirayapsiz. Ta’lim uchun to’lov va boshqa bevosita xarajatlar ikki yil davomida yiliga 80,0 mln so’mni tashkil etadi. Bundan tashqari, sizga yiliga 150,0 mln. so’m daromad keltiradigan ishdan voz kechishingizga to’g’ri keladi. Faraz qilaylik, ta’lim uchun to’lov yil oxirida to’langanidek, mehnat haqi ham yil oxirida to’lansin. Real foiz stavkasi yiliga 3%ga teng va, albatta, soliqlarni ham inobatga olamiz (12%). Shuningdek, mehnat haqi o’sishi doimiy real summa, uni to’lash o’qish tugagandan keyingi yilning oxirida boshlanadi va 60 yoshda pensiyaga chiqquncha davom etadi. U holda quyidagi savollarga javob bering va fikringizni asoslang:

  1. barcha xarajatlaringizni qoplashi uchun magistr darajasini olishingiz natijasida mehnat haqingiz necha pulga oshishi kerak?

  2. magistraturani o’qish siz uchun moliyaviy jihatdan foydalimi?

  1. Faraz qilaylik, uch yildan keyin mashina sotib olish uchun birinchi badalni to’lashga Sizga 30,0 mln.so’m kerak bo’lishini bilasiz. “ABC” bank uch yillik omonat bo’yicha yiliga bir marta hisoblash sharti 24 %, “XYZ” bank esa uch yillik omonatlar bo’yicha yiliga to’rt marta hisoblash sharti bilan 10 % taklif etayapti. Agar uch yildan keyin Sizga 30,0 mln.so’m kerak bo’lishini bilsangiz, oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun “ABC” bankka qancha pul qo’yish kerak? Shuningdek, “XYZ” bankka qancha pul qo’yish kerak? Qaysi bankni tanlaysiz?

  2. Hisob-kitoblarga ko’ra Alisher Navoiyning tadbirkorlik faoliyatidan kunlik topgan mablag’i taxminan hozirgi kun qiymatida 11,25 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan. Agar u bu mablag’ini 30 % ini xayriya va 20 % ini soliq uchun ajratgan bo’lsa, qolganini reinvestitsiya qilgan. Endi siz Alisher Navoiyni tadbirkorlik faoliyati bilan 20 yil shug’ullanganini hisobga olib, 20 yil davomida to’plangan mablag’ni aniqlang. Faraz qiling, 1500-yilda bank mavjud bo’lsin. Agar Alisher Navoiy to’plangan pulni yiliga 3% evaziga bankka omonatga qo’ygan bo’lganda, 2020-yilga kelib, ya’ni 520 yildan keyin murakkab foizlarni inobatga olgan holda buyuk shoirning hisob raqamida qancha pul bo’lishini hisoblang.

  3. “ABC” korxonasi uchun quyidagi jadvalni to’ldiring va natijani izohlang. O‘lchov birligi mln.so‘mda.


    Download 27.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling