Moliya” fanidan masalalar (2-kurs 4-semestr uchun)
Download 27.28 Kb.
|
HBA-90 2-ON 2022-2023
Mohiyatan, har yilgi tejashlar – bu muqobil tarzda kirib kelayotgan pul oqimlaridir. Agar investitsiya amalga oshirilmaganda chiqib ketayotgan pul oqimlarida aylanganva tejalgan mablag‘larni o‘z ichiga olgan bo‘lardi. Bir yildan keyin 10 mln.so’m kerak. Bank sizga yillik 14 % stavkasini taklif qilmoqda. 10 mln. so’mni keltirilgan qiymatini aniqlang. Firma tijorat bankiga 2022-yilning 25-martidan 21-apreligacha 48 mln.so’m mablag’ni “Talab qilib olinguncha” omonatga turiga joyladi. “Talab qilib olinguncha” qo’yilmaga yillik 24 % hisoblanadi. Inflatsiya indeksi 1,11. Kiritilgan mablag’ bo’yicha olinadigan real daromadni aniqlang. Faraz qiling, bank 1 $=100 ¥ kurs bo‘yicha 1700,0 ming AQSh dollarini iyenga sotdi. Ushbu holat yuzasidan bankda vujudga keladigan ochiq valyuta mavqeini aniqlang. Agar bir qator omillar ta’sirida iyenning dollarga nisbatan kursi kutilmaganda 1 $ uchun 5 iyenga pasaysa, vujudga kelgan ochiq valyuta mavqe bo’yicha zarar(foyda)ni hisoblang. “Olmos” korxonasi kelasi yili 300,0 ming birlik mahsulotni sotishni rejalashtirgan. O‘zgaruvchan xarajatlar savdoning 55% tashkil etadi. Firma foiz va soliqlar to‘lovidan avval mavjud bo‘lgan daromadni 3000,0 ming so‘mga ko‘tarmoqchi. Bunga erishish uchun har bir birlik mahsulot narxini qanchaga ko’tarish kerak? Faraz qilaylik AQSH dollarida qo’yilgan omonat 5000 yevroni tashkil qilsin. Omonat davri boshidagi valyuta kursi 1 yevro uchun 1,5 dollarni tashkil etadi, muddat yakunidagi valyuta kursi 1 yevro uchun 1,7 dollar. Foiz stavkalari yillik: iy = 5 %, id = 6%. Omonat muddati - 20 oy. Omonatni qaysi valyuta shakllantirgan afzal. Odiy foiz formulasidan foydalanilgan holda hisoblang. Qiymati bo’yicha fond bozor 20 % risksiz va 80 % riskli qimmatli qog’ozlardan iborat. Riskli qimmatli qog’ozlar to’rt toifali: birinchisi 1/4 ulushni tashkil etib, ular uchun β1 = 0,6, ikkinchi – 1/5 qism va β2 = 1,1 va uchinchisi – 1/3 qism va β3 = 0,7. To’rtinchi toifa qimmatli qog’ozlarning ulushi va β4 ni toping. Agar bozor samaradorligi (riskli qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’rtacha daromadlilik) 9 %, risksiz stavka 4 % bo’lsa, barcha riskli qimmatli qog’ozlar samaradorligi va butun bozor bo’yicha o’rtacha daromadlilikni toping . Faraz qiling, Siz o’zbek investorisiz. Sizda 150,0mln.so’mmablag’ bor. O’zbekiston davlat obligatsiyalari bo’yicha yillik foiz stavkasi 16 %, AQSh obligatsiyalari bo’yicha esa 5 %. Bir valyutaning boshqasi bilan ifodalangan narxini o’zida aks ettiruvchi valyuta kursi 1 $ =10000 UZS. Valyutalar kursini o’sishi bir yilda 12 % kutilayotgan bo’lsa, siz qaysi turdagi obligatsiyaga sarmoya kiritardingiz. Download 27.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling