Moliya” fanidan masalalar (2-kurs 4-semestr uchun)
Download 26.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqHBA-90 1-ON
“Moliya” fanidan masalalar (2-kurs 4-semestr uchun) Bobir hozir 25 yoshda, u 65 yoshda pensiyaga chiqishni mo’ljallab qo’ygan va 90 yoshgacha yashashga umid qiladi. Uning mehnat haqi yiliga 60,0 mln so’mni tashkil etadi va u keyingi 65 yil davomida iste’molga sarflanadigan real xarajatlar darajasini saqlab qolishni o’ylab qo’ygan. Faraz qilaylik real mehnat haqi o’sishi emas, real foiz stavkasi yiliga 3 foizni va soliq stavkasi esa 15 % tashkil etadi. U holda: Bobirning inson kapitali qiymati qancha? Bobirning jamg’rama pensiyaga qanchadan pul to’plashi zarur? Siz pensiyaga chiqqanigizda o’zingizni xarajatlaringizni qanday moliyalashtirmoqchisiz? Yoshingiz 25 da va siz universitetning “Biznesda boshqaruv” mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasini olishni rejalashtirayapsiz. Ta’lim uchun to’lov va boshqa bevosita xarajatlar ikki yil davomida yiliga 80,0 mln so’mni tashkil etadi. Bundan tashqari, sizga yiliga 150,0 mln. so’m daromad keltiradigan ishdan voz kechishingizga to’g’ri keladi. Faraz qilaylik, ta’lim uchun to’lov yil oxirida to’langanidek, mehnat haqi ham yil oxirida to’lansin. Real foiz stavkasi yiliga 3%ga teng va, albatta, soliqlarni ham inobatga olamiz (12%). Shuningdek, mehnat haqi o’sishi doimiy real summa, uni to’lash o’qish tugagandan keyingi yilning oxirida boshlanadi va 60 yoshda pensiyaga chiqquncha davom etadi. U holda quyidagi savollarga javob bering va fikringizni asoslang: barcha xarajatlaringizni qoplashi uchun magistr darajasini olishingiz natijasida mehnat haqingiz necha pulga oshishi kerak? magistraturani o’qish siz uchun moliyaviy jihatdan foydalimi? Faraz qilaylik, uch yildan keyin mashina sotib olish uchun birinchi badalni to’lashga Sizga 30,0 mln.so’m kerak bo’lishini bilasiz. “ABC” bank uch yillik omonat bo’yicha yiliga bir marta hisoblash sharti 24 %, “XYZ” bank esa uch yillik omonatlar bo’yicha yiliga to’rt marta hisoblash sharti bilan 10 % taklif etayapti. Agar uch yildan keyin Sizga 30,0 mln.so’m kerak bo’lishini bilsangiz, oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun “ABC” bankka qancha pul qo’yish kerak? Shuningdek, “XYZ” bankka qancha pul qo’yish kerak? Qaysi bankni tanlaysiz? Hisob-kitoblarga ko’ra Alisher Navoiyning tadbirkorlik faoliyatidan kunlik topgan mablag’i taxminan hozirgi kun qiymatida 11,25 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan. Agar u bu mablag’ini 30 % ini xayriya va 20 % ini soliq uchun ajratgan bo’lsa, qolganini reinvestitsiya qilgan. Endi siz Alisher Navoiyni tadbirkorlik faoliyati bilan 20 yil shug’ullanganini hisobga olib, 20 yil davomida to’plangan mablag’ni aniqlang. Faraz qiling, 1500-yilda bank mavjud bo’lsin. Agar Alisher Navoiy to’plangan pulni yiliga 3% evaziga bankka omonatga qo’ygan bo’lganda, 2020-yilga kelib, ya’ni 520 yildan keyin murakkab foizlarni inobatga olgan holda buyuk shoirning hisob raqamida qancha pul bo’lishini hisoblang. “ABC” korxonasi uchun quyidagi jadvalni to’ldiring va natijani izohlang. O‘lchov birligi mln.so‘mda.
Faraz qilaylik AQSH dollarida qo`yilgan omonat 5000 yevroni tashkil qilsin. Omonat davri boshidagi valyuta kursi 1 yevro uchun1,2 dollarni tashkil etadi, muddat yakunidagi valyuta kursi 1 yevro uchun 1,5 dollar bo’lishi kutilmoqda. Omonat bo’yicha foiz stavkalari yillik AQSh dolarida 6 %, yevroda 4%. Omonat muddati - 25 oy. Omonatni qaysi valyutada shakllantirish afzalligini izohlang. So’ralgan qaytim stavkasini hisoblang. Risksiz stavka 3 foiz va so’ralgan bozor qaytimi 9 foiz bo’lsa, betasi 1.25 ga teng bo’lgan aksiya uchun eng adolatli kutilgan (so’ralgan) qaytim stavkasini hisoblang. Quruvchi tashkilot, qurilish ishlari to‘liq yakunlangandan keyin sotilishi ko‘zda tutilgan ko‘p qavatli uy qurilishi loyihasini boshlagan va qurilish ishlarini oxiriga etkazish uchun zarur bo‘lgan moliya mablag‘larini islom bankidan olishni rejalashtirgan. Islom moliya muassasasi bunday loyihani moliyalashtirishi mumkinmi?Javobingizni izohlang. Islom banki mijozi o‘z ehtiyojlari uchun muayyan uskuna sotib olmoqchi ekanligini, bu uskuna bir yildan keyin yasab bitkazilishi va etkazib berilishi va shu sababli bankdan shu uskuna olinishini murobaha orqali moliyalashtirishni so‘rab murojat qildi. Bunda mijoz ishlab chiqaruvchi tomonidan talab qilingan boshlang‘ich to‘lovning (20%) yarmini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lashini, qolgan qismini (10%) esa bank to‘lashini so‘ragan. Uskuna yasab bitkazilib va mijozga etkazib berilgandan keyin bank uskuna narxining qolgan 80%ni to‘lashi ko‘zda tutilgan. Ushbu kelishuv murabaha shartnomosi asosida amalga oshirilishi mumkinmi? Javobingizni izohlang. 11 mln. so’mni yillik 3 %li stavkadan foydalangan holda keltirilgan joriy qiymatini aniqlang. n=3 yil. 1000 AQSh dollarini 10 %li diskont stavkasidan foydalangan holda keltirilgan qiymatini aniqlang. n - 5 yil. “Seaplcˮ kompaniyasi press-avtomatni sotib olish orqali joriy ishlab chiqarish xarajatlari tejalishini ta’minlay olishini aniqladi. Bozorda mazkur presslarning “Aˮva “Bˮnomli ikkita modeli mavjud. Quyida ular haqida ma’lumot berilgan.
Download 26.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling