Moliya” fanidan masalalar (2-kurs 4-semestr uchun)


Download 26.85 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi26.85 Kb.
#1403407
1   2
Bog'liq
HBA-90 1-ON

«A», f. st.

«B»,f. st.

Narx (bir vaqtning o‘zida to‘lanadi)

20 000

25 000

Har yilgi tejamkorlik:







Yil 1

4 000

8 000

Yil 2

6 000

6 000

Yil 3

6 000

5 000

Yil 4

7 000

6 000

Yil 5

6 000

8 000

  • Mohiyatan, har yilgi tejashlar – bu muqobil tarzda kirib kelayotgan pul oqimlaridir. Agar investitsiya amalga oshirilmaganda chiqib ketayotgan pul oqimlarida aylanganva tejalgan mablag‘larni o‘z ichiga olgan bo‘lardi.

  • Mazkur presslardan qaysi birini sotib olish kerak (moliyalashtirish xarajatlari doimiy va bir yilda 12 % ni tashkil qilish sharti bilan)?

  • Siz bankdagi hisob raqamingizga yiliga 10 %li stavka bo’yicha 1000 dollar (PV) qo’ydingiz. Muddat tugamasdan turib bir sent ham olmaslik sharti bilan, yiliga 10%li stavkada va investitsiya muddati besh yil qilib belgilanganda, Siz besh yildan keyin oladigan summa bo’lajak qiymati (FV) qancha bo’ladi?

  • 5000 dollar pul 6 foiz stavkada 12 yilga investitsiya qilindi. Investitsiyadan olinadigan foyda qancha bo'ladi?

  • 9953 dollar daromad olish uchun mijoz bankga 20 foiz stavkada 5yilga qancha miqdorda pul qo'yishi kerak?

  • 11273 dollar olish uchun 7000 dollar necha foiz stavkada 5 yilga investitsiya qilinishi kerak?

  • Murakkab foiz formulasi orqali yillik 10% stavka bilan 5 yilga omonatga qo’yilgan 1000 AQSh dollarini bo’lajak qiymatini aniqlang

  • Siz 20 yoshdasiz va 45 yil muddatga yiliga 8%ga 100 dollar qo’yishni o’ylayapsiz. 65 yosh bo’lganingizda hisobingizda qancha pulingiz bo’ladi? Agar yillik foiz stavkasi 9% bo’lgan bankni topishga muvaffaq bo’lsangiz, u holda 65 yosh bo’lganingizda pullaringiz qancha bo’ladi?

  • Bir yildan keyin 10 mln.so’m kerak. Bank sizga yillik 14 % stavkasini taklif qilmoqda. 10 mln. so’mni keltirilgan qiymatini aniqlang.

  • Firma tijorat bankiga 2022-yilning 25-martidan 21-apreligacha 48 mln.so’m mablag’ni “Talab qilib olinguncha” omonatga turiga joyladi. “Talab qilib olinguncha” qo’yilmaga yillik 24 % hisoblanadi. Inflatsiya indeksi 1,11. Kiritilgan mablag’ bo’yicha olinadigan real daromadni aniqlang.

  • Faraz qiling, bank 1 $=100 ¥ kurs bo‘yicha 1700,0 ming AQSh dollarini iyenga sotdi. Ushbu holat yuzasidan bankda vujudga keladigan ochiq valyuta mavqeini aniqlang. Agar bir qator omillar ta’sirida iyenning dollarga nisbatan kursi kutilmaganda 1 $ uchun 5 iyenga pasaysa, vujudga kelgan ochiq valyuta mavqe bo’yicha zarar(foyda)ni hisoblang.

  • “Olmos” korxonasi kelasi yili 300,0 ming birlik mahsulotni sotishni rejalashtirgan. O‘zgaruvchan xarajatlar savdoning 55% tashkil etadi. Firma foiz va soliqlar to‘lovidan avval mavjud bo‘lgan daromadni 3000,0 ming so‘mga ko‘tarmoqchi. Bunga erishish uchun har bir birlik mahsulot narxini qanchaga ko’tarish kerak?

  • Faraz qilaylik AQSH dollarida qo’yilgan omonat 5000 yevroni tashkil qilsin. Omonat davri boshidagi valyuta kursi 1 yevro uchun 1,5 dollarni tashkil etadi, muddat yakunidagi valyuta kursi 1 yevro uchun 1,7 dollar. Foiz stavkalari yillik: iy = 5 %, id = 6%. Omonat muddati - 20 oy. Omonatni qaysi valyuta shakllantirgan afzal. Odiy foiz formulasidan foydalanilgan holda hisoblang.

  • Qiymati bo’yicha fond bozor 20 % risksiz va 80 % riskli qimmatli qog’ozlardan iborat. Riskli qimmatli qog’ozlar to’rt toifali: birinchisi 1/4 ulushni tashkil etib, ular uchun β1 = 0,6, ikkinchi – 1/5 qism va β2 = 1,1 va uchinchisi – 1/3 qism va β3 = 0,7. To’rtinchi toifa qimmatli qog’ozlarning ulushi va β4 ni toping. Agar bozor samaradorligi (riskli qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’rtacha daromadlilik) 9 %, risksiz stavka 4 % bo’lsa, barcha riskli qimmatli qog’ozlar samaradorligi va butun bozor bo’yicha o’rtacha daromadlilikni toping .

  • Faraz qiling, Siz o’zbek investorisiz. Sizda 150,0mln.so’mmablag’ bor. O’zbekiston davlat obligatsiyalari bo’yicha yillik foiz stavkasi 16 %, AQSh obligatsiyalari bo’yicha esa 5 %. Bir valyutaning boshqasi bilan ifodalangan narxini o’zida aks ettiruvchi valyuta kursi 1 $ =10000 UZS. Valyutalar kursini o’sishi bir yilda 12 % kutilayotgan bo’lsa, siz qaysi turdagi obligatsiyaga sarmoya kiritardingiz.

  • Quyidagi ma’lumotlar asosida “ABC” kompaniya aksiyalari uchun daromadlilikning o’rtacha kutilgan stavkasi va standart og’ishini aniqlang.

    Iqtisodiyot holati

    “ABC” kompaniyaning daromadlilik stavkasi

    Ehtimollik

    O‘sish

    50%

    0,15

    Normal

    30%

    0,50

    Pasayish

    – 10%

    0,35



    1. Tasavvur qiling, farzandingiz 8 yoshda va siz universitetda o‘qishini ta’minlash uchun omonat ochishni rejalashtirmoqdasiz. Hozirda universitetda o‘qish uchun yillik to‘lov 7000 sh.b.dagi mablag‘ni tashkil etadi va yiliga 3% ga oshishi kutilmoqda. Siz bank hisobvarag‘iga 1500 sh.b. dagi mablag‘ni yiliga 6% stavkada qo‘ysangiz, o’n yildan so’ng farzandingizni o’qishi uchun to’lovni amalga oshira olasizmi? Qancha miqdorda mablag’ qo’ysangiz o’qish pulini to’lay olasiz?

    Download 26.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling