Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida moliyaviy


Download 1.36 Mb.
bet7/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

3. Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida moliyaviy
rejalashtirishdagi o‘zgarishlar
Moliyaviy rejalashtirishning ob’ekti bo‘lib xo‘jalik sub’ektlari va davlatning moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo‘jalik sub’ekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida muassasaning smeta harajatlaridan tortib to davlatning yig‘ma moliya balansigacha qamrab oladigan muhim jarayondir.
Har qanday moliya rejasida ma’lum bir davrga mo‘ljallangan hamda moliya va kredit tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va harajatlar aniqlanadi.
Umuman olganda moliya tizimining barcha soha va bo‘g‘inlarida, faoliyatidan kelib chiqib, moliyaviy rejalar tuziladi. Masalan: tijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik sub’ektlari daromadlar va harajatlar balansi, notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar esa smeta harajatlari ko‘rinishida moliyaviy reja tuzadilar.
Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar miqdori va ularning manbalari; harajatlarni iqtisod qilish va daromad rezervlarini oshirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan fondlar o‘rtasidagi taqsimlashlarni optimal yullarini kidirib topish va boshqalar.
Iqtisodiyotni ma’muriy boshqarish sharoitida moliyaviy rejalashtirish direktiv xususiyatga ega bo‘lib, davr talabiga mos egiluvchanlikka molik emas edi. Rejalashtirish 5 yillik, 20 yillik ko‘rinishlarga xos edi. Zotan, 1 yillik rejalashtirish mavjud bo‘lsada, u yuqoridagi direktiv rejalashtirishdan kelib chiqar edi. Moliyaviy rejalashtirishda asosiy urg‘u taqsimlashga qaratilsa, bozor iqtisodida asosan ayirboshlashga qaratilgandir. Chunki, aynan ayriboshlashda tovarlar va ishlab chiqarishga ketgan harajatlar namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy rejalashtirishning asosiy va ustivor iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘lib, tovar va xizmatlarni ishlab chiqish va sotish mexanizmida qatnashadigan pul, baho, qiymat qonuni, talab va taklif qonuni mujassamlanadi.
Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad etmaydi. Ammo, bozor munosabatlari rejali iqtisodiyotga qaraganda rejalashtirishni egiluvchan, ya’ni davr talabiga moslab o‘zgartirib boradi. Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladi. Shulardan asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. Ekstrapolyatsiya usuli;

  2. Normativ usuli;

  3. Matematik modellashtirish usuli.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling