“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Investitsiya loyihalari uchun diskont darajani hisoblash
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
2. Investitsiya loyihalari uchun diskont darajani hisoblash
Jahonda moliyaviy globallashuvning jadal sur’atlarda rivojlanishi va mamlakatlarning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasida xalqaro darajada kapital harakati yuzaga kelmoqda. Hozirgi kunda xalqaro kapital migratsiyasi rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan bozorlarga ko‘chmoqda. Bu o‘z navbatida, xalqaro investitsiyalar uchun loyihalarni baholashning ahamiyatini oshirmoqda. SHu sababli, mazkur tadqiqot ishida CAPM modeli yordamida kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar uchun kapital bahosini hisoblashni boshqa malakatlarga investitsiyalarni amalga oshirishda qo‘lanilishi o‘rganildi. Xorijga investitsiya qilish ma’lum qo‘shimcha risklarga ega. CHet elga investitsiya qilish har doim investorlar uchun risklimi? Bu savolga bir misol yordamida javob qidirishga harakat qilinadi. Amerikalik investor uchun S&P indeksiga investitsiya qilgan riskliroqmi, yoki Misr fond birjasigami? Albatta, Misrga investitsiya qilish riskliroq, faqat unda risk umumiy dispersiya sifatida aniqlanadigan bo‘lsa. Misrga investitsiyaning betasi qanchalik yuqori va u Amerikalik investorning diversifikatsiyalangan portfeliga qanchalik risk qo‘shadi? Mazkur savolga javob berish uchun Misr, Polsha, Tailand va Venesuela kabi davlatlarga investitsiya qilish imkoniyatlari o‘rganildi. 1.3.1-jadvalda Misr, Polsha, Tailand va Venesuela bozorlarining beta-koeffitsentlari keltirilgan. Bu bozorlar daromadliligining o‘rtacha kvadrat og‘ishishi AQSHga qaraganda 2-3 barobar katta, lekin faqat, Tailandda beta-koeffitsenti 1 dan oshadi. Buning sababi zaif korrelyasiya koeffitsenti bilan bog‘liq. Bashqacha qilib aytganda, Tailand fond bozoriga investitsiya qilish riski boshqa davlatlarga nisbatan yuqori. Misr fond bozorining o‘rtacha kvadrat og‘ishishi S&P indeksidan 3.1 barobar katta, lekin korrelyasiya koeffitsenti atigi 0.18 ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, Amerikalik investor uchun Misrga investitsiya qilish katta risk darajasiga ega emas. Albatta, xorijiy investitsiyalar ichki bozordagidek xavfsizligini isbotlamaydi. Ammo, u bizga doim diversifikatsiya qilinadigan risk bilan bozor riskini ajratish kerakligini eslatib turishi kerak. Xorijiy loyihalar uchun kapital jalb qilishning muqobil xarajatlari faqat bozor riskiga bog‘liq. Keling, endi masalaga boshqa tomondan yondashamiz. Faraz qilaylik, shveysariya farmatsevtika kompaniyasi Bazel shahri yaqinidagi yangi qurilajak fabrikaga investitsiya qilmoqchi. Moliyaviy menejer shveysariya frankida pul 156 oqimlari prognozini tuzib, uni frankda hisoblangan diskont stavkada hisoblaydi. Madomiki loyiha riskka ega ekan, kompaniya shveysariya frankidagi foiz stavkadan ko‘ra yuqori daromad talab qiladi. SHu bilan birga loyihani o‘rtacha risk darajasini kompaniyaning SHveysariyadagi boshqa aktivlari bilan solishtiramiz. Loyihaning kapital bahosini hisoblashda kompaniya menejeri AQSHlik hamkasbi qilgan ishni qiladi. 17.1-jadval Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling