2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning
moliyaviy sabablari
Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham
korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer
11
vazifasini ham bajaradi. Ammo,
boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari
boshqarmaydilar. Ular bu vazifa (majburiyat)ni professionallarga (maxsus kasb
egalariga) topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar (maxsus kasb egalari)
mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar. Nimaga mulk egalari
kompaniyani boshqarishni menejment bo‘yicha muta-xassislarga topshirishlariga,
hech bo‘lmaganda, beshta sabab bor (3.2-rasm).
Birinchidan, o‘z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional mene-jerlarni
topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun
korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pincha shunday
bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va, shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar
sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi
nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki
boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik
huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi
mushtaraklik talab etilmaydi.
Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib chiqamiz. Masalan,
kinostudiya yoki televideniye tarmog‘ini boshqarish borasida yuqori
3.2-rasm. Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo‘-
yicha mutaxassislarga topshirishining sabablari
11
“Menejer” inglizcha “manager” – boshqaruvchi. Korxona yoki kompaniya egalari bo‘lmagan, maxsus
tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchilar. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 579.
Do'stlaringiz bilan baham: |