“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
1-nazorat uchun savol
Uy xo‘jaliklari qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning to‘rtta asosiy turi qanday (nimalardan iborat)? Har biriga misol keltiring. 2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm (o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf (qutb)da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya (business or corporate finance) deb ataladi. Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapital 7 ga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina 7 Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma- 13 uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi (2.2-rasm): 2.2-rasm. Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon strategik rejalash-tirish deb ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga kiritish mumkin. Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi)dan kelib chiqqan holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va shu bilan bir qatorda birinchisi bilan o‘zaro bog‘liq boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter ishlab chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichida kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ul-lanishga ahd qilishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari o‘zgarishi, o‘zgarganda ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korporatsiyalar bir vaqtning o‘zida biznesning bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi uchrab turadigan hol. Bundan tashqari, shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining dastlabki faoliyati bilan umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi uning bugungi vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi. Masalan, ITT Corporation (International Telephone and Telegraph) korporatsiyasini eslaylik. Korporatsiya 1920 yilda telefon va telegraf xizmatlarini va tegishli asbob-uskunalarni taklif etuvchi kompaniya sifatida tashkil etilgan. XX so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 316., Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling