“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
3. Qizil bayroqlar. Sizga bozor narxi juda arzon aksiyalarni, soliqni ushlab
qolish (to‘lamaslik) huquqini (tax lien), turli tangalar, san’at asarlari, uchqur otlarni sotishga intiladigan va qisqa muddat ichida pulingizni bir necha barobar ko‘paytirib berishga harakat qilayotgan har qanday maslahatchidan uzoqroq yurganingiz ma’qul. Shuning uchun esingizda tursin: bozorlarni, yoki biror “sir tutiladigan” strategiyadan ogohligini baralla aytayotgan har qanday inson yoki ahmoq, yoki firibgardir. Ikkinchidan, “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning sababi shundan iboratki, moliya sohasida asosiy bilimga ega bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham zarur. Hatto moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun ham moliyachilar foydalanadigan konsepsiya, usul va terminologiyani bilish zarur. Masalan, o‘zingiz to‘laydigan daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida, hech bo‘lmaganda, eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda soliqchi yoki soliq organi tomonidan “chalingan har qanday musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Olayotgan pensiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni bildirish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-ku, yaxshi-ya, ammo aksincha bo‘lsa-chi? U holda, hech bo‘lmaganda, bu unga shu mutaxassislar bilan bemalol muloqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun ularni jalb qilish imkonini beradi. Uchinchidan, ajab emas (ehtimol), Sizni zamonaviy (amaliy) moliya sohasida karera qilish qiziqtirib qolsa. Sir emas, bu sohada karera qilish uchun ulkan imkoniyatlar borki, kelajakda ular o‘z samarasini beradi, albatta. Buning uchun inson zamonaviy moliyaning barcha sir-asrorlarini egallashi lozim. Moliyachilarning aksariyat qismi iqtiso-diyotning moliya sohasida – banklarda, sug‘urta kompaniyalarida yoki investi-tsiyalarni boshqarish sohasida ishlaydi. Ammo ko‘pchilik moliyachi mutaxas-sislar xoh xususiy bo‘lsin, xoh davlat tashkiloti, nomoliya tashkilot-larining moliya bo‘yicha boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadilar. Ba’zilar esa akademik karerani afzal ko‘radilar. Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar (ehtiyoj sezadilar). Bundan tashqari, moliya sohasida ta’lim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karera qilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. Shu o‘rinda, 10 bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korpo-ratsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z mehnat faoliyatini, dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling