“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Yaxshi tavsiyalarga ishonmang
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Diplo va turli guvohnoma-yu, sertifikat 5 larga doim (ko‘p hollarda) ham ishonavermang.
1. Yaxshi tavsiyalarga ishonmang. Ehtimoldan holi emas, bojangiz yoki
qadrdon bo‘lib qolgan o‘rtog‘ingiz o‘z moliyaviy maslahatchisini og‘iz ko‘pirtirib maqtaydi. Ammo u o‘zining muayyan investitsiyalari va haqiqiy daromadlari to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaguncha uning maslahatlari o‘z mexanigini unda faqat texnik yordam mashinasi borligi uchungina maqtayotgan kishining gaplaridan ko‘ra ishonchli emas. Faqat do‘stlaringiz muhokama qilinayotgan masala mohiyatini tushunishlariga ishonch hosil qilgandan keyingina ularning gaplariga ishoning. Axir, o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, - deb bekorga aytilmagan-ku!; 2. Diplo va turli guvohnoma-yu, sertifikat 5 larga doim (ko‘p hollarda) ham ishonavermang. Inson moliyaviy maslahatchi lavozimini egallashining o‘zi u tegishli litsenziyaga ega ekanini, ko‘plab imtihonlar topshirganini va doimiy, masalan dunyoning nufuzli joylarida (Davos, Sankt-Peterburg va h.k.) o‘tkaziladigan konferensiyaga o‘xshash ko‘plab konferensiyalar ishtirokchisi 4 “Portfel” fransuzcha “portefeuille” so‘zidan olingan bo‘lib, a) kitob, daftar, hujjat kabilar solib olib yuriladigan dastali va qopqoqli maxsus sumka; b) nashriyotlarda, gazeta, jurnal muharririyatlarida navbatdagi nashr uchun to‘plangan qo‘lyozma materiallar majmui ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. III. –B. 299. Shu munosabat bilan bu yerda “portfel” so‘zi, ko‘chma ma’noda bo‘lsa-da, shunga yaqin ma’noni anlatib, uni “moliyaviy aktivlar majmuini o‘zida mujassam etuvchi maxsus sumka” sifatida talqin qilish mumkin. 5 “Sertifikat” fransuzcha “certificat”, lotincha “sertum” – aniq, to‘g‘ri, rost + “facere”- qilmoq. Bu yerda “biror narsa, voqea haqidagi rasmiy yozma guvohnoma; diplom”. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B. 488. 9 bo‘lganini anglatadi. Undan tashqari, hozirgi sharoitda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida tegishli shaxslarni tijorat asosida ana shunday hujjatlar bilan ta’minlovchi ko‘plab firmalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bois, uning diplom va guvohnoma-yu, sertifi-katlariga ishonishdan oldin undan moliyaviy maslahatchi bo‘lgunga qadar nima ish qilganini so‘rang. Ko‘pchilik bu faoliyat sohasiga savdo sohasidan keladi. Ammo borgan sari ko‘pchilik moliyaviy maslahatchilar buxgalterlik, muhandislik, o‘qituvchilik va yuridik tajribaga ega kishilar bo‘lib chiqmoqda. Esda tuting: faqat ularning oldingi ixtisoslashuvini inobatga olgan holdagina, Siz ularning professional (kasbiy) bilimlaridan o‘z manfaatingiz yo‘lida nafli tarzda foydalana olishingiz mumkin. Buning ustiga, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, - deb bekordan-bekorga aytilmagani esingizdan chiqmasin; Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling