“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
(spontan) moliyalashtirish
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
(spontan)
moliyalashtirish manbalari bilan bogʻlanadi. Oʻz oʻzidan moliyalashtirishga korxonaning kunlik faoliyati tufayli oʻz oʻzidan yuzaga keladigan savdo kreditlari va boshqa kreditorlik qarzlari kiradi. Ishchi kapitalni boshqarishni oʻrganadigan 15-bobda, moliyalashtirishning ushbu shakli haqida koʻproq ma’lumot berilgan.Toʻlanadigan veksellar, uzoq muddatli qarzlar, oddiy aksiyalar, va toʻlangan kapital kabilar korxonaning sotuvlari darajasi oʻzgarishiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq emas. Ushbu moliyalashtirish manbalari, diskret moliyalashtirish deb ataladi, va ular har gal mablagʻ jalb etilganda korxona boshqaruvchilari tomonidan aniq qaror talab qiladi. Misol uchun banknota, muzokaralar olib borilishini va moliylashtirish sharoitlari bayon etilgan kelishuv imzolanishini talab qiladi. Nihoyat, taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichi rejalashtirilgan sotuv hajmiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichining kutilayotgan oʻzgarishi soliqlar toʻlangandan keyingi taxminiy foyda (aks ettirilgan sof foyda) ya’ni sotuv hajmining 5%idan ($ 600,000) oddiy aksiyalarning dividendlarini($ 300,000) ayirmasiga ga teng. 16.1-jadvalda keltirilgan Drew Inc. misolida, korxonaning sotuv hajmi $10milliondan $12milliongacha oʻzgarishini taxmin qildik, va bu oʻz navbatida korxonaning umumiy aktivlarga ehtiyojini $7.2 milliongacha oshishiga sabab boʻldi. Ushbu aktivlar $4,9 million miqdorida mavjud majburiyatlar va tabiy majburiyatlar orqali; $1.8 million miqdorida tasischilar mablagʻlari orqali, qoʻshimcha $300,000 miqdoridagi kelgusi yildagi sotuvlarning taqsimlanmagan foydasini oʻz ichiga oladi; va nihoyat, $500,000 miqdoridagi diskret moliyalashtirish orqali moliyalashtiriladi; ushbu mablagʻlar toʻlanadigan veksellar nashr qilish, obligatsiyalarni sotish, aksiyalar emissiyasini taklif qilishlar orqali, yoki ushbu manbalarning kombinatsiyasi orqali olinishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling