“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni tartibga solish Reja: 1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi
- Moliyaviy infratuzilma tarkibi
7. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar
Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha fao-liyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud. Reyting 69 agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi. Masalan, Moody's va Standard & Poor's reyting agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini, Best's firmasi esa – sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi yillarda turli xizmatlar taklif etuvchi kompaniyalar doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan, Bloomberg va Reuters) yoki turli xil o‘zaro fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha (masalan, Upper, Momingstar va SEI) firma va bo‘limlar tobora ko‘p paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat banklarining faoliyatini xarak-terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday firmalardan biri “Axborreyting”dir. 69 «Reyting» inglizcha «rating» - baho, daraja. 1. Nazorat qilish va baholash usuli va tizimi. 2. Erishilgan yutuqlarning samaradorligi va nufuzini baholashda raqamlar bilan ifodalanadigan ko‘rsatkich. 3. Jamoatchilik fikrini o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.373. 78 9-mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni tartibga solish Reja: 1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi 2. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari 3. Buxgalteriya hisobi tizimlari 1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan qoida va qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bilan cheklanadi. Qonun status 70 i (maqomi)ga ega bo‘lgan va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma’lum aspektlarni cheklash uchun xizmat qiluvchi qoidalar mavjud. Ular orasida eng muhimlari har qanday turdagi tovlamachilikdan yuridik hamda jismo-niy shaxslarni himoya qiluvchi va shartnoma majburiyatlariga rioya qili-nishini ta’minlovchi qonunlardir. Bu qonunlar nafaqat davlatdan davlatga farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga ham moyildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi va odatda, garchi bu qonun-larning o‘zgarishi ko‘pincha insonlarning ushbu tizim funksiyalariga qo‘yilgan talabining o‘zgarishi natijasida ro‘y bersa-da, moliyaviy tizim-ning chegarasidan chiquvchilardek izohlanadi. Moliyaviy infratuzilma o‘z ichiga buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘mak-lashuvchi hisob- kliring tashkilotlarini; moliyaviy tizim qatnashchilari-ning o‘zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni oladi (9.1-rasm). 9.1-rasm. Moliyaviy infratuzilma tarkibi 70 «Status» lotincha «status» - ahvol, hol, holat. Maqom – vaziyat, mavqe; o‘rin, joy; daraja, martaba. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.569. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling