“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

7. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar 
Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha fao-liyat 
sifatida 
xilma-xil 
moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan 
shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan 
kompaniyalar mavjud. Reyting
69
agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski 
kompaniyalardan hisoblanadi. Masalan, Moody's va Standard & Poor's reyting 
agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini, Best's firmasi esa 
– sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi yillarda 
turli xizmatlar taklif etuvchi kompaniyalar doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlar 
tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan, Bloomberg va Reuters) yoki turli xil o‘zaro 
fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish 
bo‘yicha (masalan, Upper, Momingstar va SEI) firma va bo‘limlar tobora ko‘p 
paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat banklarining 
faoliyatini xarak-terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday firmalardan biri 
“Axborreyting”dir. 
69
«Reyting» inglizcha «rating» - baho, daraja. 1. Nazorat qilish va baholash usuli va tizimi. 2. Erishilgan 
yutuqlarning samaradorligi va nufuzini baholashda raqamlar bilan ifodalanadigan ko‘rsatkich. 3. Jamoatchilik fikrini 
o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.373. 


78 
9-mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni 
tartibga solish 
 
Reja: 
1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi 
2. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari 
3. Buxgalteriya hisobi tizimlari 
1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi
 
Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan qoida va 
qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bilan cheklanadi. Qonun status
70

(maqomi)ga ega bo‘lgan va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani 
kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma’lum aspektlarni cheklash uchun xizmat 
qiluvchi qoidalar mavjud. Ular orasida eng muhimlari har qanday turdagi 
tovlamachilikdan yuridik hamda jismo-niy shaxslarni himoya qiluvchi va 
shartnoma majburiyatlariga rioya qili-nishini ta’minlovchi qonunlardir. Bu 
qonunlar nafaqat davlatdan davlatga farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga 
ham moyildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi va odatda
garchi bu qonun-larning o‘zgarishi ko‘pincha insonlarning ushbu tizim 
funksiyalariga qo‘yilgan talabining o‘zgarishi natijasida ro‘y bersa-da, moliyaviy 
tizim-ning chegarasidan chiquvchilardek izohlanadi. 
Moliyaviy infratuzilma o‘z ichiga buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish 
jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘mak-lashuvchi hisob-
kliring tashkilotlarini; moliyaviy tizim qatnashchilari-ning o‘zaro munosabatlarini 
nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni oladi (9.1-rasm).
9.1-rasm. Moliyaviy infratuzilma tarkibi 
70
«Status» lotincha «status» - ahvol, hol, holat. Maqom – vaziyat, mavqe; o‘rin, joy; daraja, martaba. Qarang: 
o‘sha manba. J.III. – B.569.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling