“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

2. Sug‘urta kompaniyalari 
Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy 
funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish 
orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma 
sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar 
yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, 
o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan 
keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq 
bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik 
bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul 
to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi. 
Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firma-larning aktivi 
hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta kompaniya-larining qarzdorlik 
majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz 
68
«Klassifikatsiya» lotincha «classis» - daraja, razryad + “facere” – qilmoq. Tasnif – tanlab olish; turlarga 
ajratish. Narsa va hodisalarni ularning o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab, tur, turkum va sh.k.ga ajratish.
Qarang: o‘sha manba. J.II. – B.382. O‘sha manba. J. IV. –B.11. 


75 
tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta 
mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta 
kompaniyalari ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu 
muddat bir yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga 
cho‘zilishi ham mumkin. Sug‘urta kompaniyalari mijozlardan olgan sug‘urta 
mukofotlarini turli xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas 
mulkka qo‘yadilar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling