“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

 
3. Pensiya fondlari 
 
Pensiyani rejalashtirish dastur (pensiya reja)larida ishtirok etish fuqaroning 
shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan 
pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga 
chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib 
xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi 
yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi. 
Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan badallarga asoslangan 
pensiya dasturi, yoki jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi 
(defined-contribution pension plan) va belgilangan imtiyozlarga asoslangan 
pensiya dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi (defined-benefit pension 
plan). Jamg‘arma (jamg‘ariladigan, jamg‘arish) pensiya dasturi bo‘yicha xodim 
hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga xodimning ish beruvchisi va, 
odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal to‘lab boradilar. Pensiyaga 
chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida to‘plagan mablag‘iga teng 
summaga ega bo‘ladi. 
Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan 
formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning ish 
haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga ko‘ra 
xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish 
haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan.
Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan tashkilot 
(pensiya dasturi xomiysi), yoki tashkilot yollagan sug‘urta kompa-niyasi o‘zini 
sug‘urta qilgan kishiga bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion 
riskni butunlay istisno qiladi. Ba’zi mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya 
va AQShda homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum 
darajada davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling