87
taqdim etgan holda, o‘z faoliyati yuzasidan muntazam hisobot berishi kerak.
11.1-jadvalda (navbatdagi betga qarang) “XYZ”
korporatsiyasining turli
davrlar,
misol uchun, 20x0 yil oxiriga va 20x1 yil oxiriga balansi keltirilgan.
Keling, avval 20x0 yil 31 dekabr holatiga, ya’ni 20x1 yil boshiga tuzilgan balans
(uning soddalashtirilgan shakli)
ni ko‘rib chiqamiz.
Balansning birinchi qismida firma aktivlari, uning joriy aktivlaridan (aylanma
mablag‘lar, aylanma aktivlar) boshlab balansning qolgan barcha moddalari, ya’ni
kompaniyaning pul mablag‘lari va balansning yil
davomida pulga aylantirish
mo‘ljallangan boshqa moddalari summasi sanab o‘tilgan.
Bizning misolda
kompaniya pullari (kassa va bank hisob-kitob raqamidagi)
va qisqa muddatli
(ya’ni, oson sotiladigan) qimmatli qog‘ozlari 100,0 mln. so‘mga
baholangan
(qiymatiga ega). Boshqa aylanma aktivlar debitorlik qarzlari 50,0 mln. so‘mdan
(ya’ni, “XYZ”
mahsuloti xaridorlari korpora-tsiyaga to‘lashi kerak bo‘lgan
mablag‘lar) hamda 150,0 mln. so‘mlik tovar-moddiy
boyliklardan iborat
mablag‘lardan tashkil topgan. Tovar-moddiy boyliklar zaxirasi ko‘rsatkichi, o‘z
navbatida, xom ashyo, tugatilmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar qiymati
(bahosi)ni o‘z ichiga oladi.
11.1-jadval
Yillarning 31 dekabr holatiga “XYZ” korporatsiyasi balansi
(mln. so‘mda)
Aktivlar
20x0
20x1 O‘zgarish
Aylanma (joriy) aktivlar
Pul mablag‘lari va bozor (qisqa muddatli)
qimmatli qog‘ozlari
100,0
120,0
20,0
Debitorlik qarzlari
50,0
60,0
10,0
Tovar-moddiy zaxiralar
150,0
180,0
30,0
Do'stlaringiz bilan baham: