“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
- “XYZ” korporatsiyasi faoliyatining 20x1 yildagi moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisoboti (soddalashtirilgan shakli)
2-nazorat uchun savol
Agar yil davomida “XYZ” korporatsiyasi qo‘shimcha 50,0 mln. so‘mlik uzoq muddatli obligatsiyalarni muomalaga chiqarib, olingan mablag‘ni o‘z aktivlarining tegishli qismiga – pullar va bozor qimmatli qog‘ozlariga – kiritganida, korporatsiyaning balansi yil oxiriga kelib qanday o‘zgargan bo‘lar edi? Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig‘ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi. Biz o‘rganayotgan misolda bu davr 1 yilga teng. Buning uchun foyda (income, profit, earnings) deb ataladigan asosiy moliyaviy ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Foyda – bu kompaniyaning daromadi va xarajatlari o‘rtasidagi farq. 11.3-jadvalda keltirilgan hisobotda 20x1 yilda “XYZ” korporatsiyasi tovarlarini sotishdan kelgan tushum (daromad) 200,0 mln. so‘mni, sof foyda – 23,4 mln. so‘mni tashkil etgani ko‘rsatilgan. 11.3-jadval “XYZ” korporatsiyasi faoliyatining 20x1 yildagi moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisoboti (soddalashtirilgan shakli) (mln. so‘mda) Sotishdan olingan daromad (tushgan tushum) 200,0 Sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi (110,0) Yalpi foyda 90,0 Umumiy xarajatlar, mahsulot sotish xarajatlari va ma’muriy xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) (30,0) Asosiy faoliyatdan olingan foyda 60,0 Obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari (21,0) Soliqqa tortiladigan foyda 39,0 Foyda solig‘i (15,6) Sof foyda 23,4 Bir aksiyaga hisoblaganda sof foyda (muomalada 1 mln. aksiya) 23,4 Sof foydaning taqsimlanishi: To‘langan dividendlar 10,0 Taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi 13,4 Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” kompaniyasining xarajat moddalari to‘rtta asosiy kategoriyaga bo‘lingan. Birinchi guruhga 110,0 mln so‘mni tashkil etgan sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi kiritilgan. Bu korporatsiyaning joriy yilda sotilgan tovarlarni ishlab chiqarish jarayonida ketgan xarajatlari bo‘lib, ular, asosan, materiallar sotib olishga ketgan xarajatlar, ishchi-xodimlarga to‘langan mehnat haqi va boshqa shunga 90 o‘xshash xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Sotishdan olingan (ko‘rilgan) daromad va sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq yalpi foyda deb ataladi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, “XYZ” korporatsiya-sining bu ko‘rsatkichi 20x1 yilda 90,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Keyingi xarajatlar kategoriyasida umumiy, ma’muriy va mahsulot sotishga ketgan xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) aks ettirilgan. Bu yerda firmaning boshqaruv xarajatlari (masalan, menejerlarning mehnat haqi), shuningdek marketing va hisobot yilida kompaniya ishlab chiqargan tovarlarni sotish bo‘yicha xarajatlar inobatga olingan. Yalpi foyda va GS&A xarajatlari o‘rtasidagi farq operatsion foyda yoki asosiy, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda deb yuritiladi. “XYZ” korpora-tsiyasining ma’muriy chiqimlari va mahsulot sotishga ketgan xarajatlari (GS&A) 20x1 yilda 30,0 mln. so‘mni tashkil etgan ekan, uning ishlab chiqarish foydasi 60,0 mln. so‘mga tengdir. Uchinchi xarajatlar kategoriyasiga “XYZ” korporatsiyasining qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketgan xarajatlari kiradi va bu xarajatlar o‘rganilayotgan davr oxirida 21,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Ularni ishlab chiqarish foydasi summasidan ayirib, soliqqa tortiladigan foyda summasini olamiz. Bu 39,0 mln. so‘mga tengdir. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning to‘rtinchi, oxirgi kategoriyasida korporatsiya tomonidan to‘langan soliq summalari aks ettirilgan. 20x1 yilda “XYZ” korporatsiyasi soliqqa tortiladigan foyda summasidan o‘rtacha 40% miqdorida soliq to‘lagan. Shunga muvofiq ravishda korporatsiya foydasidan olingan soliqning summasi 15,6 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korporatsiyasining soliqlar to‘langanidan keyingi sof foydasi 23,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Demak, korporatsiyaning 1 mln. aksiyasi muomalada (ya’ni, aksiyadorlar qo‘lida) bo‘lgan ekan, uning bitta aksiyasiga hisoblangan sof foyda 23,40 so‘mga tengdir. Biz tahlil qilayotgan hisobotda, shuningdek, 20x1 yilda korporatsiya aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida umumiy miqdorda 10,0 mln. so‘m to‘langani ko‘rsatilgan. Demak, bu to‘lovlardan keyin sof foyda summasidan qolgan 13,4 mln. so‘m firma tomonidan o‘z biznesini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. E’tibor bering: bu summa, ya’ni 13,4 mln. so‘m korporatsiya balansida 20x1 yilning oxirida aksiyadorlik kapitalining o‘sgan ko‘rsatkichi sifatida aks ettiriladi. Yana shunga alohida e’tibor berish kerakki, sof foyda va firma hisob varag‘iga kelib tushayotgan pullar bu bitta narsa emas. Shuning uchun bu oxirgi raqam (13,4 mln so‘m) firmaning pul balansiga qo‘shilmaydi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling