“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy hisobotlar qisqacha tavsifi Balans
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
- Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
- Moliyaviy hisobotga tushuntirish (hisobotni izohlash).
4-nazorat uchun savol
Agar “XYZ” kompaniyasi aksiyadorlarga 10,0 mln. so‘m miqdorida dividend to‘lamasdan, shu sof foyda summasini biznesni yanada rivojlantirishga yo‘naltirganda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot qanday o‘zgargan bo‘lar edi? Quyida keltirilgan 11.5-jadvalda biz yuqorida ko‘rib chiqqan moliyaviy hisobotning uchta asosiy turi o‘zlarining qanday jihatlari bilan bir-birlaridan ajralib turishi ko‘rsatilgan. 11.5-jadval Moliyaviy hisobotlar qisqacha tavsifi Balans Aktivlar = Majburiyatlar + aksiyadorlik Xususiy kapitali Aniq vaqtga firmaning aktivlari va majburiyat-lari qiymatini aks ettiradi. Uzoq muddatli aktivlar boshlang‘ich qiymati (sotib olish qiymati) bo‘yicha o‘tgan davr uchun amortiza-tsiyani hisobga olgan holda aks ettiriladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. Sof foyda = Jami daromadlar – Jami xarajatlar Ma’lum davr uchun tushumlarni va ular bilan bog‘liq xarajatlarni qayd etadi. Hisob prinsiplaridan foydalanilgan holda yig‘ib (to‘plab) borish prinsipi bo‘yicha sof foyda, odatda, sof pul mablag‘lari oqimi bilan bir xil bo‘lmaydi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot Pul oqimlari summasi = Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi) + Investi-tsiya faoliyatidagi sof pul oqimla-rining kirimi (chiqimi) + Moliya-viy faoliyatdan sof pul oqimlari-ning kirimi (chiqimi) Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum bir davr uchun firmaning pul mablag‘lari kirimi va chiqimi qayd etiladi. Pul mablag‘larining har bir kirim va chiqimi hisobotning uch bo‘limidan birida aks ettiriladi. 95 Moliyaviy hisobotga tushuntirish (hisobotni izohlash). Biror bir korporatsiya o‘z moliyaviy hisobotini chop etar ekan, unga albatta tushun-tirish xatini ilova qiladi. Bu tushuntirish xatida u qo‘llagan usullar va o‘zining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi. Ba’zida esa, bu tushuntirish xatida kompaniyaning haqiqiy moliya-viy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar hisobotdagiga nisbatan ko‘proq va kengroq bo‘ladi. Ularda, odatda, quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: 1. Kompaniyaning qanday hisob usullaridan foydalangani ko‘rsatiladi. Modomiki, firmalarga ba’zi xarajat turlari 75 bo‘yicha hisobotlarni tuzishda ma’lum erkinlik berilgan ekan, u holda hisobotlarga ilova qili-nadigan tushuntirishda ushbu usullardan qaysi biridan foydalanilgani ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, hisob standartlari doimo o‘zgarib turishga moyil ekan, kompaniya tushuntirish xatlarida hisobot yilidan oldingi yilning asosiy natijalari bo‘yicha yangi standartlarga rioya qilgan holda hisob beradi. 2. Ba’zi aktivlar va majburiyatlarga batafsil tavsif beriladi. Tushuntirish xatida uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzdorliklar, ijara haqi va shu kabi to‘lovlarni to‘lash shartlari va muddatlari batafsil bayon etiladi. 3. Firma aksiyadorlik kapitali tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumot. Tushuntirish xatida aksiyalarga egalik qilish shartlari bayon etiladi. Mazkur firma boshqa kompaniya tomonidan “yutib yuborilishi” xavfini baholashda mazkur ma’lumot ayniqsa foydali hisoblanadi. 4. Asosiy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar. Agar kompaniya boshqa kompaniyani sotib oladigan bo‘lsa (yoki sotib olinsa), yoki unga oldin qo‘shilgan firmani ajratib chiqarsa (yoki o‘zi ajratilsa), uning moliyaviy ahvoli keskin o‘zgaradi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bunday operatsiya oqibatlari batafsil bayon etiladi. 5. Balansdan tashqari hisob-varaqlar. Tushuntirish xatida ko‘pincha firma imzolagan, lekin balansda aks ettirilmagan, ammo kompaniyaning moliyaviy holatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy shartnomalar bayon etiladi. Masalan, hosilaviy instrumentlar bo‘yicha shartnomalar, xususan forvard shartnomalar, svoplar va opsionlar ana shular jumlasidandir. Ular, odatda, turli moliyaviy shartnomalar bo‘yicha risk darajasini kamay-tirishga xizmat qiladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling