“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

5-nazorat uchun savol 
Kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga ilova qilinadigan tushun-tirish xatlari 
va eslatmalardan kompaniya to‘g‘risidagi qanday foydali ma’lumotlarni olish 
mumkin? 
 
75
Masalan, ular eskirish hisoblashda chiziqli yoki tezlashtirilgan tartibda hisoblash usulidan yoki tovar-moddiy 
boyliklarni baholash uchun chuyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: LIFO, FIFO va b. 


96 
12-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi 
holatlar 
 
Reja: 
1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq 
2. 
Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
 
3. 
Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi 
o‘rtasidagi farq
 
 
1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq 
 
 
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va 
aksiyadorlik kapitali qiymati balans (bahosi) qiymati (book value) deb ataladi. 
Kompaniya bitta aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks 
ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy 
aksiyalar soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.
Ma`lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korporatsiyasi aksiyalarining 20x1 
yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo 
xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atigi 187,20 so‘mga teng 
bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korporatsiyasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga 
tayyor bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat 
kompaniyaning rasmiy balansida aks ettirilmaydi.
Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiya-
larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va 
mas’uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu qiymat 
(baho)lardan qaysi biri muhimroq? 
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz. 
Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim 
ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy 
sabab bor: 

Balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga 
olmaydi; 

Firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p 
hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan 
baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi. 
Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga 
qaratamiz. 
Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko‘pincha, muhim iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, kompaniya ishlab 
chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida kompaniya orttirgan obro‘ 
ularda aks ettirilmaydi. Shuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta 
mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda 
o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar 
(intangible assets) deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati (bahosi) 


97 
oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda 
e’tiborga olinishi kerak. 
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar. 
Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi. 
Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati (bahosi) balans 
aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari 
(chegirmalari) hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya boshqa kompaniyani 
uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter 
sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv gudvil yoki 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling