“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si (goodwill) deb ataladi. Firmaning
ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan bozor qiymati (bahosi) va uning balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo, yuqorida tilga olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan nomoddiy aktivlardan farqli o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya balansida qayd etilmaydi. Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida firma uchun iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan, balansda firma sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini topmaydi. Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi. Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baho (qiymat)larning qaysi biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosi (qiymati)mi yoki balans bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi (qiymati) hisobga olinadi. Masalan, faraz qilaylik, “Alfa” kompaniyasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so‘mga kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati (bahosi) uch yillik amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so‘mga teng. Ammo, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati (bahosi) 12,0 mln so‘mdan oshmaydi. Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy uskunaga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi qiymat (baho)ni inobatga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan ma’lumki, aktivlarning haqiqiy qiymati (bahosi)ni hammadan aniq ulardan foydalanishning eng yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat (baho) balansda ko‘rsatilgan qiymat (baho)ga nisbatan uskunaning bozor qiymati (bahosi)ga (12,0 mln so‘m.) eng yaqin qiymat (baho)dir. Boshqa bir misol. Bu safar pech ishlab chiqarish uchun mis tovar-moddiy zaxiralari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, yil boshda Siz mis uchun 29,0 mln.so‘m to‘ladingiz. Ammo bugungi kunga kelib, uning bozor qiymati (bahosi) 60,0 mln. so‘mgacha ko‘tarildi. Navbatdagi ishlab chiqarish qarorini qabul qilishda ushbu ko‘rsatkichlarning qaysi biriga asoslanish to‘g‘ri bo‘ladi? Bu holda ham dastlabki narx (29,0 mln. so‘m) e’tiborga olinmaydi. Bu paytga kelib Siz misni sotib yuborgan bo‘lishingiz mumkin. Yangi partiyani esa 98 faqat 60,0 mln. so‘mga sotib olsangiz bo‘ladi. Shunday qilib, sotib olingan metalni ishlatar ekansiz, aslida Siz ishlab chiqa-rishda haqiqiy bahosi 60,0 mln.so‘m bo‘lgan resursni sarflaysiz. Vaziyatga qarab, bozor qiymati (bahosi) va balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lishi mumkin. Masalan, agar so‘z pul mablag‘lari to‘g‘risida ketsa, farq deyarli bo‘lmaydi. Asosiy vositalar, ya’ni zavod inshootlari va uskunalari to‘g‘risida ketganda esa, farq juda katta bo‘lishi mumkin. Aslida shunday bo‘ladi ham. Demak, aktivlarning bozor va balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farq to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktivlar turiga bog‘liq va moliyaviy qaror qabul qilish jarayonida, mumkin bo‘lsa, ularning aynan bozor qiymati (bahosi)ni inobatga olish kerak. Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati (bahosi) asosida olib bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya ma’lumotlaridan moliyaviy qaror qabul qilishda foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. Shu nuqtai-nazardan, korporatsiyalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi) bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda bozor narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish uchun firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni qayta baholash jarayoni joriy Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling