“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-nazorat uchun savol
- 3. Moliyaviy “dastak” samarasi
Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar
Korxona turlari ROS × ATO = ROA Supermarketlar tarmog‘i 0,02 5,0 0,10 Kommunal xizmatlar korxonasi 0,20 0,5 0,10 Yuqorida bayon etilganlardan asosiy ma’no (xulosa) shuki, sotuvlar daromadliligi yoki aktivlar aylanib turishi koeffitsiyentining pastligi, albatta, firmaning moliyaviy muammolari bor degani emas. Bu koeffi-tsiyentlarning ikkalasini kompaniyaning faoliyat sohasini inobatga olgan holda o‘rganish kerak. Bundan tashqari, bir faoliyat sohasi doirasida ham doimiy farqlar bor. Masalan, Rolls Royce dilerlik tarmog‘i va Chevrolet tarmog‘ining aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) ko‘pincha bir xil bo‘lsa-da, Rolls Royce dilerlik tarmog‘ining joriy rentabellik ko‘rsat-kichlari yuqoriroqligi va aktivlar aylanib turishi koeffitsiyenti pastroqligi bilan ajralib turadi. 2-nazorat uchun savol Agar “A” firmaning aktivlar daromadliligi (ROA) “B” firmanikiga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa va ikkala kompaniyaning aktivlar aylanib turishi ko‘rsatkichi (ATO) bir xil bo‘lsa, “A” firmaning sotuvlar rentabelligi koeffitsiyenti (ROS) qanday bo‘lishi kerak? 3. Moliyaviy “dastak” samarasi Moliyaviy “dastak” yoki moliyaviy leverij kompaniya faoliyatida qarz olingan pul mablag‘laridan foydalanish bo‘lib, shu mablag‘lar yordamida kompaniya rahbariyati ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarni 107 hal etadi. Atamani (“dastak”) tanlash fizika qonun-lari, ya’ni biron dastak yordamida sarflanayotgan kuchni ko‘paytirish mumkinligi qonuni bilan bog‘liq. Moliyaviy “dastak” samarasi yordamida kompaniya aksiyadorlari o‘z kapitalidan foydalanish daromadliligi koeffitsiyentini (ROYe) oshiradilar. Biroq bunda mazkur koeffitsiyentning firmaning ishlab chiqarish faoliyatidagi samaradorlik tebranishiga sezuvchanligi oshadi. O‘z navbatida, firmaning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) tufayli o‘zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy “dastak” samarasidan foydalanar ekanlar, firma aksiyadorlari ham moliyaviy va ham ishlab chiqarish (operatsion) riski bilan to‘qnashadilar. Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa moliyaviy “dastak” koeffitsiyenti oshganda kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROYe) ham oshadi. Bu – tushunarli, albatta, chunki: agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, firma investitsiya qilgan kapitaldan foyda oladi va foyda summasi firma o‘z kreditorlariga to‘lashi kerak bo‘lgan summadan yuqori bo‘ladi. Shu tufayli ortiqcha mablag‘ hosil bo‘ladi va bu mablag‘ firma aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Demak, kapital daromadliligi koeffitsiyenti ortadi. Agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz stavkasidan past bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aksiyadorlar bunday mablag‘ni yollamaslikni afzal ko‘radilar. Masalan, faraz qilaylik, “A” kompaniyasi moliyaviy “dastak”dan foydalanadi. Aksincha, “B” kompaniyasi esa undan foydalanmaydi. Keling, kompaniyalar kapitalining daromadlilik koeffitsiyentini (ROE) ikki xil vaziyatda, ya’ni foiz stavkasi (1) 10,0% va (2) 15,0% bo‘lganda solishtiramiz. Natijalar quyidagi 13.3- jadvalda aks ettirilgan. 13.3-jadval Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling