“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

3-nazorat uchun savol 
Agar korporatsiya 10,0 mln. so‘m miqdorida dividend to‘lamasdan, ushbu olingan 
sof foyda summasini biznesni rivojlantirishga yo‘naltirgan bo‘lganda “XYZ” 
korporatsiyasining yil oxiriga tuzilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti 
qanday o‘zgargan bo‘lar edi? 
 
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda 


91 
ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan 
shu bilan u kompaniyaning barcha daromadlari va xarajatlari aks ettiriladigan 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining moliyaviy natijalari 
to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha 
ekaniga ikkita asosiy sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt oralig‘ida 
firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga qaratiladi. Hatto eng gullab-
yashnayotgan kompaniya ham pul resurslar zaxirasi tugab, juda og‘ir moliyaviy 
ahvolda qolishi mumkin. Agar kompaniya boshqaruvchilari va boshqa manfaatdor 
kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul qanday qilib 
to‘planishi va sarflanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari va 
kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholashlari mumkin. Masalan, ko‘pincha, tez 
o‘sib kelayotgan va yuqori samarali firmalarga pul resurslari yetishmaydi. Demak, 
ularda o‘zlarining moliyaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq muammolar 
kelib chiqishi mumkin. 
Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni 
faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida 
baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash 
usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, unga ko‘ra har 
qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat 
ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks 
ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan, kompaniyada shu ko‘rsatkichni 
baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni 
baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya 
hisoblashning normativ (me’yoriy) muddatlariga bog‘liq. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda esa, unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar 
firmada qabul qilingan hisob siyosatiga bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki 
hisobot o‘rtasidagi farqni o‘rganar ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob 
siyosati firmaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qay darajada ta’sir qilishini 
aniqlashi mumkin. 
Keling, buni 11.4-jadvalda keltirilgan (navbatdagi betga qarang) “XYZ” 
korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida ko‘rib 
chiqamiz. 
Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hisobotda pul oqimlari uchta 
bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar a) operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat, 
b) investitsion faoliyat va v) moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari 
kirimi va chiqimi ko‘rsatadi. Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil 
o‘rganib chiqishga harakat qilaylik. 
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini 
sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga 
ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ” korporatsiyasining 20x1 
yilda operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil 
etgan. Bir vaqtning o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu 
o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi? 


92 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korporatsiyaning sof foyda ko‘rsatkichi 
va uning asosiy faoliyati natijasida kelib tushgan pul
11.4-jadval 
XYZ”  korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling