“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

1-nazorat uchun savol 
Moliyaviy hisobotlarning uch asosiy funksiyalari nimalardan iborat?


86 
2. Moliyaviy hisobot turlari
 
Moliyaviy hisobotlarning, asosan, quyidagi uchta turi bor (11.2-rasm): 
11.2-rasm. Moliyaviy hisobot turlari 
Moliyaviy hisobotlarning uchta turi nimadan iboratligini aniq tushuntirib 
berish uchun, misol tariqasida, “XYZ” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 
ma’lumotlardan foydalanamiz. Aytaylik, “XYZ”  - bu 10 yil avval tashkil etilgan 
kompaniya. U kundalik ehtiyoj mollari ishlab chiqarish va ularni sotish bilan 
shug‘ullanadi.
Keyingi o‘rinlarida navbatma-navbat keltirilgan jadvallarda “XYZ” 
kompaniyasining balansi (balance), bu kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisoboti (income statement) va uning pul oqimlari to‘g‘risidagi 
hisoboti (cash flow statement) keltirilgan. Ular dunyo taraqqiy etgan mamlakat-
larining har qanday ishlab chiqarish kompaniyasi uchun xos. Quyida moliyaviy 
hisobotlarning har bir turi bilan batafsilroq tanishib chiqishni taklif etamiz.
Balans (balance sheet). Firma balansi uning muayyan vaqt oralig‘idagi 
aktivlarini (ya’ni, firma nimaga egalik qilsa, shularni) va majburi-yatlarini (ya’ni, 
barcha qarzlarini) aks ettiradi. Aktivlar (assets) va majburiyatlar (liabilities) 
o‘rtasidagi farq kompaniyaning sof qiymatini (net worth) tashkil etadi. Uni, 
shuningdek, o‘z (xususiy) kapitali (owners’ equity) deb ham ataydilar. 
Korporatsiyalarda sof qiymat aksiyadorlik kapitali qiymati (yoki netto-qiymat) deb 
ataladi. 
Mamlakatimizdagi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS), AQShda 
esa qabul qilingan va buxgalteriya hisobi bo‘yicha xalqaro standartlarni aks 
ettiradigan Buxgalteriya hisobi yuritishning umumiy prinsiplari va qoidalariga 
(GAAP – generally accepted accounting principles) muvofiq kompaniya balansida 
aks etilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital qiymati o‘zining boshlang‘ich 
qiymatiga (historical value) ko‘ra baholanishi kerak (ya’ni, dastlab sotib olingan 
narxi bo‘yicha). Bu qoidalar Moliyaviy hisob Stanlartlari bo‘yicha Kengash 
(AQSh) (Financial Accounting Standard Board) tomonidan vaqti-vaqti bilan qayta 
ko‘rib chiqiladi va o‘zgartirishlar kiritiladi. Aksiyalari AQSh fond birjasida rasmiy 
sotuvga qo‘yilishini istagan har qanday xorijiy va Amerika kompaniyasi 
hisobotlarni mazkur buxgalteriya hisobi standartlari asosida olib borishi va 
Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga (SEC) moliyaviy hisobot 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling