“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Moliyaviy hisobot funksiyalari va ularning turlari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

 
11-mavzu. Moliyaviy hisobot funksiyalari va ularning turlari 
 
Reja: 
1. Moliyaviy hisobot funksiyalari 
2. Moliyaviy hisobot turlari 
 
 
1. Moliyaviy hisobot funksiyalari
 
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni 
chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (11.1-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki, 
eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim 
iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra 
moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliya- 
viy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lgani 
to‘g‘risida ma’lumot beradi. 
11.1-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari 
 
Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy 
Moliyaviy hisobotlar funktsiyalari
Firmaning egalari va 
kreditorlariga 
firmaning joriy 
moliyaviy ahvoli 
hamda o’tgan davrda 
uning faoliyati 
qanchalik samarali 
bo’lgani to’g’risida 
ma’lumot berish
Firma egalari va 
kreditorlariga 
kompaniya faoliyati 
samaradorligining 
asosiy reja ko’rsat-
kichlarini aniqlash va 
menejerlar fao-liyatini 
tartibga solish 
imkonini berish 
Qulay shablon-
modellar tuzish va 
ulardan moliyaviy 
rejalashtirish 
jarayonida foydalanish


85 
hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini 
to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor 
shaxslarni kompaniya faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan 
tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin. 
Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan 
yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash 
mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi, 
Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi Nazorat-
taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim 
etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi shunday maqsad 
bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga e’tibor berishning o‘zi 
ham juda ko‘p narsani ko‘rsatishi mumkin.
Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi firma 
egalari va kreditorlariga kompaniya faoliyati samaradorligining asosiy reja 
ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish 
hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi kompaniya samarador-ligining 
rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. 
Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromad-liligi koeffitsiyenti (ROE) 
uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. 
Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va joriy 
majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib 
qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin. 
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi, qulay shablon-modellar 
tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir.
O‘z kompaniyalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moliyaviy natijalar 
to‘g‘risida dastlabki hisobotlar, balans va pul oqimlari to‘g‘risida hisobotlarni 
tayyorlar ekanlar, menejerlar alohida rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni nazorat 
qilishlari va firmaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan umumiy ehtiyojini 
aniqlashlari kerak. Rejalashtirish jarayonida ushbu standart moliyaviy hisobotlar 
boshqa shablonlarga almashtirilishi mumkin. Ammo, standart hujjatlar – moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansning asosiy afzalligi shundaki, ular bilan 
ishlaydiganlar, odatda, professional tayyorgarligi va maxsus ma’lumotga ega 
bo‘lganliklari tufayli mazkur hujjatlar bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling