“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

2. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari 
 
Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda uyushgan birjalar tomonidan 
o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo 
operatsiyalarini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish maqsadida 
savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga mo‘l-jallangan. Ideal holatda shu kabi 
qoidalar sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilishi hamda savdoni eng kam xarajatlari 
bilan rag‘batlantirishi zarur edi. Lekin amalda ular ko‘pincha yetarlicha erkin 
xarakterga ega. Shunga qaramasdan, tan olish kerakki, bu kabi qoidalarning 
butunlay yo‘qligidan ko‘ra mavjudligi afzalroqdir. 
3. Buxgalteriya hisobi tizimlari 
Moliyaviy ma’lumotdan samarali foydalanish uchun u ma’lum bir standart 
shaklida taqdim etilgan bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi 
predmet yoki fan
buxgalteriya hisobi deyiladi. Buxgalteriya hisobi tizimlari 
umumiy moliyaviy tizim infratuzilma-sining eng muhim qismi hisoblanadi. 
Ma’lumki, dastlab buxgalteriya hisobi tizimlari moliyaviy bitimlar tuzish 
jarayonlari evolyutsiyasi bilan birga parallel ravishda rivojlangan. Arxeologlar 
eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli qadimgi Vavilonda tuzilgan moliyaviy 
operatsiyalar bo‘yicha murakkab va batafsil hisobotlarni topishgan. Hozirgi 
71
“Sektor” lotincha “sektor” – qirquvchi, qirqib ajratuvchi. 1. Doiraning yoy va ikki radius bilan cheklangan 
qismi va shu shakldagi narsa. 2. Yaxlit bir hududning ma’lum radius va chegaralar bilan cheklangan qismi, alohida 
ajratilgan hudud. 3. Ba’zi idora va muassasalarning muayyan faoliyatga ixtisoslashgan bo‘limi. 4. Xalq xo‘jaligining 
muayyan iqtisodiy va ijtimoiy belgilar bilan ajralib turadigan qismi, sohasi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.475. 


80 
kungacha buxgalteriya hisobi tizimining rivojlanishida asosiy “sakrash” bo‘lgan 
ikki tomonlama yozish uslubidagi buxgalteriya hisobiga o‘tish – Italiyada – 
Uyg‘onish davrida sodir bo‘ldi. Mazkur uslubning yuzaga kelishida savdo va bank 
ishlari sohasidagi murakkab moliyaviy operatsiyalarni kuzatib borishga bo‘lgan 
talab rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling