O’zbekiston Respublikasi partiyalar faoliyati


Download 1.41 Mb.
bet1/5
Sana28.09.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1689380
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Siyosiy partiyalar


O’zbekiston Respublikasi partiyalar faoliyati.
Reja:
1.
2.
3.

Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida yuzaga kela boshlagan. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani Chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang Jadidchilik). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qilgan. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk siyosiy partiyalar shakllanib ulgurmadi. Oktabr toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang "Milliy ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi.


Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud.

Bu siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dekabr), Oʻzbekiston RespublikasiningSiyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonuni [1](1996-yil 26 dekabr), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34-moddasida mustahkamlangan. Qonunga koʻra siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, oʻz xohish-irodalarini erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huquqliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaning aʼzosi ayni vaqtda ikkinchi partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab qoʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonunda Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan
TOSHKENT, 16-avgust. /“Dunyo” AA/. «Milliy saylov qonunchiligimizda siyosiy partiyalarning saylov jarayonidagi ishtiroki erkin, mustaqil, teng va adolatli sharoitlarda taʼminlanishi uchun barcha qonuniy kafolatlar belgilangan», - deb qayd etgan Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Ixtiyor Bekov “Dunyo” AAga taqdim etgan maqolada.
“Davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining konstitutsiyaviy asosga ega bo‘lib, saylovlar demokratik boshqaruvni taʼminlovchi vositalardan biri hisoblanadi, - deb taʼkidlaydi ekspert. - Partiyalar fuqarolarning siyosiy hayotda, davlat boshqaruvida ishtirokini taʼminlash, demokratik davlatda davlat hokimiyatining birdan bir manbai bo‘lmish – xalqni siyosiy irodasini ifodalashning muhim vositasidir.
Siyosiy partiya – bu maʼlum aholi qatlamlarining yoki ijtimoiy birlikning manfaatlarini, qiziqishlarini, siyosiy intilish va talablarini ifodalovchi hamda ularni real hayotda amalga oshirish uchun saylovlarda qatnashish orqali davlat boshqaruvida ishtirok etish maqsadini ko‘zlovchi, ixtiyoriy ravishda uyushgan fuqarolarning nodavlat tashkilotidir. 
Milliy saylov qonunchiligimizda siyosiy partiyalarning saylov jarayonidagi ishtiroki erkin, mustaqil, teng va adolatli sharoitlarda taʼminlanishi uchun barcha qonuniy kafolatlar belgilangan. Saylovlar siyosiy partiyalarga davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda ishtirok etish, o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashish, jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarish, saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish va nihoyat ustavda nazarda tutilgan faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling