“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi o‘rtasidagi farq Muayyan vaqt (chorak, yil, bir necha yil) oralig‘ida aksiyadorlarni, eng umumiy tarzda yoki eng avvalo, nima qiziqtiradi, deb o‘ylaysiz? Ha, balli, to‘g‘ri topdingiz: ularni, eng avvalo, shu davr oralig‘ida kompaniya faoliyati qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganligi qiziqtiradi. Shu bilan birga, bu jarayonda ular nimani istaydilar, degan navbatdagi savolga nima deb javob bergan bo‘lur edingiz? Qoyil, bu savolning javobini ham to‘g‘ri topa oldingiz: haqiqatdan ham ular, eng avvalo, bitta narsani, ya’ni shaxsiy boyliklari shu davrda qancha ko‘payganini bilishni istaydilar. Bu savolga, o‘z navbatida, endi qanday javob beramiz? Ya’ni, muayyan davrda aksiyadorlar boyliklarining qanchaga ko‘payganligini qanday qilib aniqlash mumkin? Bu savol oldingi savollarimizga nisbatan, biroz bo‘lsa-da, murakkabroq savol-a? Shu bois, Sizni hadeb qiynayvermasdan, unga o‘zimiz javob berib qo‘ya qolaylik. Mana uning javobi: buning uchun ma’lum vaqt oralig‘ida ular investitsiya 77 Nisbatan yaqinda AQShning bir necha korporatsiyalari tomonidan kompaniya faoliyati samaradorligini baholash uchun yangi mezon qabul qilindi. U iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (EVA – economic value added) deb nomlandi. Ushbu mezon Stern Stewart & Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur ko‘rsatkich aniqlanayotganda kompaniyaning o‘z kapitalidan foydalanishdagi vaqt xarajatlari hisobga olinadi. 100 qilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasini hisoblab chiqish (topish) kerak. Bu maqsadga erishish uchun biz quyidagi tenglamadan foydalanishimiz mumkin: r = Davr oxiriga aksiyaning narxi – Davr boshiga aksiyaning narxi + Pul ko‘rinishida to‘langan dividendlar Davr boshiga aksiyaning narxi Bu ko‘rsatkich umumiy (jami) aksiyadorlik daromadliligi deb ataladi (total shareholder returns). Endi, biz e’tiborimizni yana o‘zimiz tahlil qilayotgan “XYZ” korporatsiyasiga qarataylik. Fond bozori bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirib, ko‘ramizki, 20x1 yil boshida korporatsiya aksiyalarining bozor kursi bitta aksiyaga 20,0 ming so‘mni tashkil etgan, yil oxirida dividendlar to‘lan-gandan keyin esa 18 720 so‘mgacha pasaygan. Bu davrda pul shaklida to‘langan dividendlar summasi 1,0 ming so‘mni tashkil etgan. Demak, “XYZ” korporatsiyasiga tikilgan (qo‘yilgan, joylashtirilgan) kapitalga daromad-lilik stavkasi 11,4%ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich (qiymat) quyidagi hisob-kitoblar asosida olingan: Umumiy (jami) aksiyadorlik daromadliligi = 18720 so‘m – 20000 so‘m + 1000 so‘m = – 0,114 yoki – 11,4% 20000 so‘m Ammo, odatda, korporatsiyalar faoliyati samaradorligi yana bir ko‘rsat- kichdan foydalangan holda hisoblab chiqariladi. Bu aksiyadorlik kapitali daromadliligi normasi yoki koeffitsiyenti (ROE — return on equity)dir. ROYe kompaniya sof foydasi summasi (qiymati)ni aksiyadorlik kapita-lining balans qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi: ROE = Sof foyda = 23,4 mln. so‘m = 0,078 yoki 7,8% Aksiyadorlik kapitali 300 mln. so‘m Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, ROE yillik koeffitsiyenti aksiya-dorlar o‘z mablag‘ini kompaniyaning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilishlari oqibatida olgan umumiy daromadlilik stavkasiga mos kelishi shart emas. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling