Moliya asoslari


Download 1.46 Mb.
bet1/3
Sana29.04.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1400038
  1   2   3
Bog'liq
obligatsiya


OBLIGATSIYALARNING O’ZIGA XOSLIKLARINI TUSHUNTIRISH
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“MOLIYA ASOSLARI” FANI
EK-89 E GURUH TALABASI
RAHMATULLAYEV MUROD

REJA

1.Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari

2. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligini baholash

1.Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari

Qimmatli qog‘ozlar bozorining, umuman moliya bozorining muhim instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiya - uni chiqargan shaxs va egasi o‘rtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra: obligatsiya - obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bodgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Obligatsiya uning egasiga obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foiz bo‘yicha daromadni olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya bo‘yicha daromad foiz yoki diskontda ifodalanadi.


SHUNDAY QILIB, OBLIGATSIYA - O‘Z ICHIGA IKKITA QUYIDAGI ASOSIY ELEMENTNI MUJASSAMLASHTIRGAN QARZNI IFODALOVCHI QIMMATLI QOG‘OZDIR:
EMITENT OBLIGATSIYA TITULIDA KODSATILGAN SUMMANI MUDDATI KELGANDA UNING EGASIGA QAYTARISHI
EMITENT MAJBURIYATI OBLIGATSIYA EGASIGA OBLIGATSIYA NOMINAL QIYMATIDAN KELIB CHIQQAN HOLDA QAT’IY BELGILANGAN FOIZ TODOVLARINI AMALGA OSHIRISHI.

Aksiya va obligatsiya o‘rtasidagi prinsipial farq aksiya ulush munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon bodadi. Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya-emitentning mulkdoriga, ya’ni ulushidan kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya- emitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli odaroq, obligatsiyaning muomalad bodish muddati qat’iy belgilangan va muddati kelganda so‘ndiriladi. Obligatsiya aksiyaga nisbatan afzallikka ega bodib, bu afzallik kompaniya tugatilganda birinchi navbatda obligatsiya bo‘yicha foiz todovlari, so‘ngra aksiya bo‘yicha devidendlar todanadi; emitent-kompaniya likvidatsiya yoki tugatilishi jarayonida mulkni taqsimlashda aksiyadorlar kompaniyaning barcha majburiyatlari shu jumladan, obligatsiyalar bo‘yicha qarz majburiyatlarini so‘ndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin. Obligatsiya qarz instrumenti bodganligi sabali kompaniya emitent boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling