Mavzu: Obligatsiyalar bozori. Aksiyalar bozori. Reja: 1.Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari 2. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligini baholash 3. Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos xususiyatlari. - Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari
- Qimmatli qog‘ozlar bozorining, umuman moliya bozorining muhim instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiya - uni chiqargan shaxs va egasi o‘rtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra: obligatsiya - obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bodgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Obligatsiya uning egasiga obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foiz bo‘yicha daromadni olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya bo‘yicha daromad foiz yoki diskontda ifodalanadi.
- Shunday qilib, obligatsiya - o‘z ichiga ikkita quyidagi asosiy elementni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qog‘ozdir:
- emitent obligatsiya titulida kodsatilgan summani muddati kelganda uning egasiga qaytarishi;
- emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal qiymatidan kelib chiqqan holda qat’iy belgilangan foiz todovlarini amalga oshirishi.
- Aksiya va obligatsiya o‘rtasidagi prinsipial farq aksiya ulush munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon bodadi. Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya-emitentning mulkdoriga, ya’ni ulushidan kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya- emitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli odaroq, obligatsiyaning muomalad bodish muddati qat’iy belgilangan va muddati kelganda so‘ndiriladi. Obligatsiya aksiyaga nisbatan afzallikka ega bodib, bu afzallik kompaniya tugatilganda birinchi navbatda obligatsiya bo‘yicha foiz todovlari, so‘ngra aksiya bo‘yicha devidendlar todanadi; emitent-kompaniya likvidatsiya yoki tugatilishi jarayonida mulkni taqsimlashda aksiyadorlar kompaniyaning barcha majburiyatlari shu jumladan, obligatsiyalar bo‘yicha qarz majburiyatlarini so‘ndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin. Obligatsiya qarz instrumenti bodganligi sabali kompaniya emitent boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |