Moliya” fanidan savollar va javoblar moliya


Moliyaviy nazoratni tashkil etishning tamoyillari


Download 136.67 Kb.
bet26/28
Sana22.04.2023
Hajmi136.67 Kb.
#1380469
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
молия

91. Moliyaviy nazoratni tashkil etishning tamoyillari Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakat Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipi, ijtimoiy-siyosiy yo'nalishi, iqtisodiy tarqqiyot darajasi, mulkchilik shakllari nisbatiga bog'liq. Har bir davlat, odatda, moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi qonunlar qabul qilayotgandi. yuqoridagi prinsiplarga tayanadi. Bir vaqtning o’zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining o’z reglamenti (tartibi) mavjud bo’lib, bu narsa pirovardida moliyaviy nazorat natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
92. Ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklari tomonidan mijoz- tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari Ichki firmaviy moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporatsiyalar o'zining iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya, moliya bo'limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tomonidan o'z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilmalarining moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgalterlik va moliyaviy hisobotda ishonchlilikni hamda bajarilayotgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning to'lov-hisobot hujjatlarini, soliq deklaratsiyalarini va boshqa moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat.
93. Sotsial-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri va uning maqsadlari Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to’liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.
94. Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalariIkki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, soliq xarakteriga ega bo’lmagan to’lovlarni o’rnatadi, davlat byudjetini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o’zida davlat ichki va tashqi qarzining chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Download 136.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling