83. Unitar va federativ davlatning byudjet tizimi
Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo‘g‘indan iborat:
• Davlat byudjeti;
• ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti). Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda o'zlarining daromadlari va xarajatlari bilan Davlat byudjeti tarkibiga kirmaydi.
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‘g‘indan tarkib topgan:
• Davlat byudjeti, yoki federal byudjet yoki markaziy hukumat byudjeti;
• federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda — shtatlar byudjeti, Kanadada — provinsiyalar byudjeti, GFRda — yerlar byudjeti, Shveytsariyada — kantonlar byudjeti va h.k.);
• mahalliy byudjetlar.
84. Jami ijtimoiy mahsulot va yalpi ichki mahsulotning bir-biridan farqlari, ularning afzallik va kamchilik tomonlari nimalardan iborat? Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi davrasi foydalanilgan mehnat qurollari va buyumlarini tiklash uchun mo‘ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi doirasida ham shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag‘lar)ning egasi va ishchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YalM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir.
85. Amalga oshirilayotgan kredit siyosatiga muvofiq foiz stavkasi asossiz darajada yuqori bo’lsa, u qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin? Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) bo‘lib, uning namoyon bo'lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi/ Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko'rsatishini ta’minlaydi. O'z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishdgi muhim shart hisoblanib, aylanma mablag'larni to'ldirish va investitsiyalar uchun mablag'larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasi darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo'lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
• kreditlaming qaytarilmasligi;
• ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar narxining o'sishi;
• qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatda soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;
• ishlab chiqarishning qisqarishi;
• takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlari pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |