MOLIYA FANIDAN TESTLAR
Milliy daromad qanday taqsimlanadi?
====
Hududlar, sohalar(tarmoqlar), turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida
Takror ishlab chiqarish jarayoni qaysi bosqichlarni o’z ichiga oladi?
====
ishlab chiqarish, almashinuv, taqsimlash, iste’mol
Moliyaviy siyosat -
====
moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui
Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga kirmaydi?
====
Texnologik jarayonlarni boshqarish
Pul siyosati orqali qanday vazifalar amalga oshiriladi?
====
muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos kelmagan sharoitda pul massasining yetmagan qismini qog’oz pullar hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldirish
Kredit siyosati natijasida kreditning arzonlashuvi nimalarga olib keladi?
====
Takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari daromadlarining oshishiga
Moliya tizimining sohalarini ko’rsating
====
Davlat moliyasi va mahalliy moliya, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi
Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo’g’nilarini ko’rsating
====
Davlat byudjeti, maqsadli nobyudjet fondlar, davlat krediti
Moliya tizimining xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasiga tegishli bo’g’nilarini ko’rsating
====
Tijorat korxonalari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi, notijorat tashkilotlar moliyasi
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti qanday byudjetlarni o’z ichiga oladi?
====
Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
Moliyaviy oqimlarning qanday turlari mavjud?
====
Byudjetli-soliqli, tijoriy, nobyudjet moliyaviy oqimlar
Davlatning oliy moliyaviy nazorat organi qaysi?
====
Hisob palatasi
Byudjet nazorati moliyaviy nazoratning qanday turiga kiradi?
====
Davlat moliyaviy nazorati
Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining qaysi sohasiga mansub?
====
Davlat moliyasi tarkibiga
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qachon qabul qilingan?
====
2013 yil 26 dekabrda
Byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari - bu ….?
====
Byudjet transferi
O‘zbekiston Respublikasi jamlanma byudjeti tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
====
Davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari
Davlat byudjeti qaysi organ tomonidan qabul qilinadi?
====
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
Byudjet loyihasini tuzish, tasdiqlash, ijrosini tashkil qilish va ijrosi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish jarayonlari majmuasi ….. ….. hisoblanadi.
====
Byudjet jarayoni
O‘zbekiston Respublikasida smeta xarajatlari qancha muddatga tuziladi?
====
Bir moliya yiliga
Yer solig‘i iqtisodiy mazmuniga ko’ra qaysi guruhga kiradi?
====
Resurs solig‘i
Soliqlarning asosiy funksiyalarini ko’rsating.
====
Fiskal va iqtisodiy rag‘batlantirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida byudjet daromadining asosiy manbai nima hisoblanadi?
====
Soliqlar
Progressiv soliq stavkalari bu…
====
Soliqqa tortiladigan ob’yekt o’sib borishi bilan soliq stavkalari ham o’sib boruvchi stavkalar
Regressiv soliq stavkalari bu….
====
Soliqqa tortiladigan ob’ekt usib borishi bilan soliq stavkalari kamayuvchi boruvchi stavkalar
Akademik litseylar, kollejlar qaysi xarajatlar tarkibida moliyalashtiriladi?
====
Maorif
Iqtisodiy mohiyati bo’yicha byudjet xarajatlari qanday turkumlarga bo’linadi?
====
Joriy va capital xarajatlar
Smetali moliyalashtirish nima?
====
Tasdiqlangan smetaga muvofiq muassasa va tashkilotlar xarajatlarini qoplash usuli
Davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
====
Fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
Oliy o‘quv yurtlari xarajatlari qaysi byudjetdan moliyalashtiriladi?
====
Respublika byudjetidan
Mahalliy byudjetlarga respublika byudjetidan beriladigan moliyaviy yordam turini aniqlang.
====
Byudjet dotatsiyasi va byudjet subvensiyasi
Muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi - bu ….?
====
Byudjet profitsiti
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi - bu ... .
====
taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlash
Do'stlaringiz bilan baham: |