Moliya” fanidan
Rash-milk” sutni qayta ishlab chiqaruvchi kompaniya haqida umumiy ma’lumotlar
Download 1.11 Mb.
|
BHA-207 Z.Norxo\'jayev
.,Rash-milk” sutni qayta ishlab chiqaruvchi kompaniya haqida umumiy ma’lumotlar.
Ayni payt yurtimizda mazkur korxona mahsulotlari kirib bormagan xonadon kam topilsa kerak. Tabiiy, mahalliy toza sutdan tayyorlangan, sifatli va mazali “RASH-MILK” brendi ostidagi mahsulotlar, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarda juda mashhur. Korxona bugungi kundagi holatiga o‘z-o‘zidan erishib qolgani yo‘q. 2003 yilda tadbirkorlar Anvarjon Shukurov hamda Rahmiddin Mirzayevlar “RASH-MILK” MChJga asos solganlarida xalq ishonchiga kirish yo‘lida bel bog‘lab, o‘zni ayamay mehnat qilishni niyat qilgan edilar. Mashaqqatli harakatlar tez orada o‘z mevasini bera boshladi. «RASH-MILK» korxonasida qoramollarni parvarishlash, sut xomashyosini olishdan tortib, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichni o‘zida mujassam etgan klaster usuli joriy etilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijonga, jumladan Bo’ston tumaniga tashrifi davomida, tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar olib kirish zarurligi, chet eldan kelayotgan eksport tovarlarga raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi so‘zlari, qishloq xo‘jaligi va sanoatda klaster usulidan foydalanish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish haqidagi maslahatlari “RASH-MILK” jamiyatida ham yangi davrni boshlab berdi.Tumanda faoliyat yuritayotgan korxona qoshida naslli chorvachilik xo‘jaligi tashkil etilgan bo‘lib, unda Germaniya davlatidan keltirilgan zotdor qoramollar parvarishlanmoqda. Ko‘rib turganingizdek, jamiyat o‘z xo‘jaligida yetishtirilayotgan sut xomashyosini qayta ishlab, tayyor mahsulot holatiga keltiryapti. Jamiyat bu bilan cheklanib qolmadi. Import hajmini yanada ozaytirish maqsadida sutni qayta ishlab qadoqlashda ishlatiladigan kerakli idishlarni ham o‘zida ishlab chiqarmoqda. Bir so‘z bilan aytganda “RASH-MILK” korxonasida qoramollarni parvarishlash, sut xomashyosini olishdan tortib, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichni o‘zida mujassam etgan klaster usuli joriy etilgan. Eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sutni qayta ishlash zavodida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning aksariyati yoshlar. Korxonada 200 nafardan ziyod yigit va qizlar ish bilan ta'minlangan. 40 dan ortiq turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan korxona kuniga 150 tonnadan ortiq sutni qayta ishlashga qodir. “RASH-MILK” korxonasida bo‘lib, maskandagi ish jarayonini kuzatdik. “RASH-MILK” chorva xo‘jaligidagi qoramollar parvarishi, sutni zavodga keltirish, uzoq tizim va konveyerli jarayondan so‘ng tayyor mahsulot chiqarishgacha bo‘lgan ish ko‘lami davlat standartlari talablariga mos ravishda olib boriladi. Tozalik va pokizalikka berilgan katta e'tibor, mahsulotlarni faqat tabiiy xom ashyodan foydalangan holda tayyorlanishi korxonaning kundan-kunga mijozlari ko‘payishiga asos bo‘lmoqda. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling