Moliya” fanidan “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy uslubiy asoslari”


O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi


Download 42.8 Kb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi42.8 Kb.
#216848
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ermatov Saidahror Kurs ishi

2.5 O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi

O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo’llab quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bolgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muxitini yaratish va ular kiritgan mablaglarning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.

O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi (ingl. investment policy) – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bolib, mablag’lag’lardan foydlanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi.

Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish suratlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko’tarilishi va butun infrastrukturaning rivojlanishi ko’p jihatdan investitsiya va investitsiya dasturiga bog’liq.

Investitsiya dasturi davlatning investitsiya mablag’larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy-huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatnining maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir.

Investitsiya dasturining tashqi tomoni ham bor bolib, u xalq xo’jaligini zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini xal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o’z ichiga oladi. Bu vazifani qo’shma korxonalar barpo qilish, yani to’g’ridan to’g’ri xorijiy xususiy investitsiyalardan foydalanish yo’li bilan hal etish mumkin. Shu munosabat bilan xorijiy investitsiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari dolzarblashadi.

Aniq, samarador va qat’iy rioya qilinadigan qonunlariga ega bo’lgan ochiq va liberal investitsiya dasturi xorijiy investitsiyalarni jalb etishning qudratli qurolidir. Bunday siyosatni ishlab chiqish respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolishi kerak.

Xorijiy investitsiya faqat ishlab chiqarish va bozor rivojlangan sharoitda, ya’ni xalqaro bozordagi sarmoya eksporti bungacha mavjud bo’lgan tovarlar eksportidan yuqori bo’lganda paydo bo’ladi.

Davlat investitsiya jarayonini tashkil qiluvchi va asosiy investor bo’lib xizmat qilishi kerak – ijtimoiy siyosat nuqtai nazaridan bu uning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Investitsiyalarning miqdoriy o’sishi ichki investitsiya dasturi (mablag’larni noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga safarbar qilish) vositasida ta’minlanadi. Investitsiyalar sifatining o’sishi ichki (fan va texnika yotug’larini tadbiq qilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi (xorijiy investitsiyalar – texnik tarkibi va xususiyatiga ko’ra yuqoriroq bo’lganlarini jalb etish) vositasida ta’minlanadi. Ichki investitsiya dasturi xam tashqi investitsiya dasturi ham, xar ikkalasi investitsiyalashning turli manbalaridan turli shakllardagi investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi.

Investitsiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay huquqiy vositalarni topish – investitsiya jarayoni va investitsiyani huquqiy tartibga solishdan iborat. Ratsional investitsiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida huquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy.

Davlatning tashqi investitsiya dasturi huquqiy nuqtai nazardan xorijiy investitsiyalar uchun qulay huquqiy muxit yaratishdan iborat bolib, bu milliy huquqiy tartibot, milliy huquqiy shakllar va normalardan (qonunlar va boshqa me’yoriy aktlar) hamda xalqaro-huquqiy tartibot, xalqaro-huquqiy shakl va normalardan (ikki va ko’p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning barchasida xam ichki ham tashqi investitsiya siyosatlari xisobga olinishi shart.

Investitsiya dasturining aniq maqsadga yo’naltirilgan va ilmiy asoslangan asosiy vazifasi (funktsiyasi) davlatning jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investitsiya mablag’larini safarbar qilish bo’yicha faoliyat yuritishidan iborat.

Investitsiya faoliyati (ingl. investment activity) – bu investitsiya kiritish va investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha olib boriladigan amaliy harakatlarning yig’indisidir.

Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari subyektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning subektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yigindisidir.

Davlat fuqaroviy va xalqaro xususiy huquq subektlarining birortasi ega bo’lmagan xususiyatga ega. U bir vaqtning o’zida jamoat hokimiyatining egasi (ichki va tashqi siyosat yo’nalishlarini belgilaydi, davlat strategik dasturlarini, shu jumladan iqtisodiyotning strategik masalalarini hal etishga qaratilgan investitsiya dasturlarini qabul qiladi) va xususiy huquq munosabatlari qatnashchisi (bu yerda uning investitsiya faoliyatida ishtirok etishi ham nazarda tutilgan) hisoblanadi.

Shunday kilib, investitsiya faoliyati tushunchasi investitsiya dasturi tushunchasining tarkibiy qismi bo’lib, buni O’zbekiston Respublikasi «Investitsiya faoliyati haqida»gi qonunining 14 va 15 moddalari yorqin aks ettirgan.

Investitsiya dasturi tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur siyosat rivojlangan tovar-pul munosabatlarida uncha katta ahamiyatga ega emas. Chunki o’z-o’zini boshqaruvchi iqtisodiyot sharoitida investitsiya dasturi asosan tartibga soluvchi ahamiyatga ega boladi.

Ustuvor yo’nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

birinchi ustuvor yonalish – ommaviy turar joy qurilishi;

ikkinchi ustuvor yo’nalish – zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish;

uchinchi ustuvor yo’nalish – yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jahon bozorlarida raqobatbardosh, import mollarining o’rnini bosa oladigan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish.

To’rtinchi ustuvor yonalish – zaxiralarni tejovchi, ekologik toza texnologiyalar. Mineral boyliklarni er ostidan qazib olish va tabiiy xomashyoni to`liq va kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan-texnika yutuqlaridan foydalanish.

beshinchi ustuvor yo’nalish – fermerlik va dehqon xo’jaliklari tarmog’i, ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh qo’shilmalari bo’lgan ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha andozalarga amal qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o’zlashtirib olgan qayta ishlovchi va savdo korxonalarining ko’magi asosida ekologik toza oziq-ovqat maxsulotlarini chiqarish

Prognozda markazlashgan va markazlashmagan kapital qoyilmalar manbalari hisobga olinishi zarur:

A) Markazlashgan kapital qo’yilmalar. U o’z navbatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- davlat byudjet va nobyudjet fondlarining mablag’lari;

- davlat kafolati asosida beriladigan chet el kreditlari va investitsiyalari.

B) Markazlashmagan kapital qo’yilmalar:

- korxonalarning mablag’lari;

- davlat va boshqaruv organlarining mablag’lari;

- banklarning tijorat kreditlari;

- aholining mablag’lari.

Taqqoslama ro’yxat investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan muhim yo’nalishlarni ko’rsatuvchi prospekt hisoblanadi. Taqqoslama ro’yxatga kiritilgan investitsiya boyicha:

- doim monitoring va dastur tuzishning har bir bosqichiga injinering kozatuvlaridan o’tadi;

- davlat kafolati ostida chet el kredit liniyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Investitsion loyihalarning manziliy dasturi har yili ishlab chiqilib, moliyalashning asosiy manbalari asosida investitsion loyihalarning kerakli ro’yxatini o’z ichiga oladi.

Investitsion loyihalarning manziliy dasturiga kiritishning zarur shartlari mavjud:

texnik - iqtisodiy asoslarning mavjudligi;

shartnomada ko’rsatilgan kreditlarning vaqtida qoplanganligi va moliyalashtirish manbalari tasdig’ining mavjudligi ham zarur.

O’zbekiston Respublikisi Vazirlar Mahkamasining 420-sonli “O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ishlab chiqildi. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi investitsion dasturi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning muhim qismi bo’lib davlat investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlarini aks ettiradi. Dasturning asosiy maqsadi bo’lib, O’zbekiston iqtisodiyotini dinamik rivojlanishiga, O’zbekiston iqtisodiyotning zarur strukturaviy o’zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar asosida jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyasi, tabiiy mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hisoblanadi.

Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • kapital qoyilmalarni moliyalashtirish manbalari yordamida prognoz qilish;





  • investitsion loyihalarning manziliy dasturi.

Dastur quyidagilarni amalga oshirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalar prognozini o’z ichiga oladi:

- tabiiy mineral xom ashyo moliyaviy moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samarasini oshirish;

- davlat byudjeti respublikaning ichki va tashqi qarzdorligi bilan bog’liqligi;

- moliyaviy mablag’lar bilan tasdiqlangan obektlarni va kreditlar qaytarilishi, shuningdek, qurilish va qurish materiallari sanoatidagi kuchlarning balanslashtirishni kiritish;



- iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan yangi korxonalarni joylashtirish va regionlarning kompleks rivojlanishini hisobga olgan holda faoliyat yurituvchi korxonalarda qoshimcha kuchlarni yaratish hamda ishlab chiqarish, noishlab chiqarish infrastrukturasidagi va mehnat resurslaridagi tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish.

O’zbekiston Respublikasida investitsiya dasturining moliyalashtirishda asosan xorijiy investitsiyalar katta urin egallaydi. Bundan tashqari byudjet va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari ham alohida urin egallaydi.
Download 42.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling