Moliya” fanidan “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy uslubiy asoslari”
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Download 42.8 Kb.
|
Ermatov Saidahror Kurs ishi
4. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. . . . . . . . . . . . . . . . . . .
2.2 Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning obektiv zarurligi Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo’lidagi to’siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez suratlar bilan o’smoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining dunyo bo’yicha umumiy hajmi 1980 yildagiga qaraganda 14 baravardan ziyod o’sib, 2007 yil holatiga, jami 11 trln AQSH dollariga yetdi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 64 mingga yaqin mamlakatlararo kompaniyalar mavjud bo’lib, ular 870 mingta xorijiy shuba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu korxonalar sotilayotgan mahsulotlar hajmi taxminan 18 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu esa o’z navbatida, butun jahon eksporti hajmidan 2 baravaridan ziyoddir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o’rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to’liq aks ettirilishini taqozo etadi. O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O’zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to’g’risida", "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida", "Investitsiya faoliyati to’g’risida" gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohalardagi o’zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga taqsimlanishi tezlashdi. Chet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir x huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb etirof etiladi. "Chet el investitsiyalari to’g’risida"gi Qonunga ko’ra O’zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bolishi mumkin: 1.Chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari; 2.Davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bolgan xalqaro tashkilotlar; 3.Chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; 4.Chet el davlati fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora - tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 2007 yilda davlatimiz rahbari ta’kidlab o’tganidek, 2007 yilgi investitsiya dasturi doirasida 1 millard AQSH dollaridan ko’proq miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb etilishi mo’ljallanmoqda. Bu mablag’ning salkam 700 million dollari yoki qariyb 68 foizini to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Bunda to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalari va kreditlar hajmining oshganligi ijobiy holdir. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida 2007 yil 20 -iyulda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "2007 -2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora - tadbirlari to’g’risida" gi qarori e`lon qilindi. Bu qarorga asosan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag’ va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish hamda qo’shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, xorijiy valyutadagi qo’yilmalar esa majburiy tarzda sotilmaydi, shuningdek, investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi - sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob - raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi. Bundan tashqari davlat ulushi potentsial investorlarga sotilayotgan korxonaning byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlari restrukturizatsiya qilinishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bu Qarori O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan yuksalishi va Xalqaro jahon xo’jalik munosabatlariga integratsiyalashuvining g’oyat muhim va texnik qayta jihozlashga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish yo’lidagi strategik yo’nalishini ham belgilab beradi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: - birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; - ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini taminlash imkonini yaratadi; - uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan taminlaydi; - to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya sanoati, transport, energetika, yer osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqiyosda jalb qilish, xorijiy investorlarni oz mablag’larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan, jumladan:
xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar; ko’rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar; soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar; foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi; milliy so’mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o’tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati; bojxona imtiyozlarining mavjudligi; xorijiy investorlarning mulklari va ularning o’zlarini xavf-xatarlardan sug’urtaviy muhofaza qilish tizimini yaratilganligi. Download 42.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling