Moliya fanidan yakuniy nazorat uchun masalalar
Download 259.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Якуний назорат учун масалалар
A
B C 1 $10000 $10000 2 10000 3 10000 4 10000 5 10000 6 $10000 50000 7 10000 8 10000 9 10000 10 10000 10000 Faraz qilamiz diskont stavka 20 foizga teng, har bir investitsiyaning joriy qiymatini aniqlaymiz. 25. (Joriy qiymat) Kumar korporatsiyasi obligatsiya emissiya qilishni rejalashtiryapti. Unga foiz to’lanmaydi ammo so’ndirilish muddati sotib linganidan 7 yil o’tib $1000 ga ayriboshlanishi mumkin. Boshqa obligatsiyalr kabi bir xil riskka teng deb baholash maqsadida yilllik hisoblandigan 10% daromad keltiradi deb olinadi. Kumar korporatsiyasi obligatsiyani qanday narxda sotishi kerak? 26. (Murakkab joriy qiymat) siz 11 yildan so’ng keyingi 5 yil (11 davrdan 15 davrga qadar) davomida yiliga $10000 va qo’shimcha $20000 so’nggi yilda (15-davrda) yechib olishni xohlasangiz hozir qancha investitsiya qilishingiz zarur? foiz stavkani 15% deb faraz qilamiz. 27. (Murakkab joriy qiymat) siz 15 yilda $50000 olmoqchisiz. Bu summani shakllantirish uchun har yil ohirida teng miqdorda deposit qilib bormoqchisiz va u yillik 7% daromad keltiradi. Yil ohiriga kelib birinchi summa qanchag teng bo’lishi kerak. a. bu summani shakllantirish uchun qancha depozitga qo’yilishi kerak? b. agar siz oylik depozitdan ko’ra yirikroq summani investitsiya qilmoqchi bo’lsangiz, bu summa qanchaga teng bo’lishi kerak? c. 5 yilning ohirida $10000 olasiz va 15 yil $50000 olish maqsadida depositga qo’yasiz. Bu depozitga qo’shimcha tarzda maqsadingizga yetish uchun qanday miqdordagi teng investitsiyalashni amalga oshirishingiz zarur? (faraz qilamiz bu depozitdan 7 foiz daromad olamiz) 28. (Murakkab pul oqimining joriy qiymati) Don Draper keyingi 6 yil davomida yil boshida 6% dan to’lab boriladigan va 6-yil ohirida $100000 to’lab beradigan $80000 lik shartnoma tuzdi.agar foiz stavka 8% ga teng bo’lsa joriy qiymat qanchaga teng? 29. (Murakkab pul oqimlari) Rojer Sterling reklama agentligini sotib olishga qaror qildi va u buni moliyalashtirishni sotish orqali amalga oshirmoqchi-ya’ni agentlikning joriy egalaridan qarz olish. Qarz $2000000 bo’lib, yillik foiz stavka 7% dan belgilandi. Qarz 5 yilda oy ohiridagi to’lovlar va 5 yil ohirida $500000 orqali amalga oshiriladi. Ya’ni 2 million dollar oylik to’lovlar orqali to’lab beriladi va 5 yil ohirida $500000 qo’shimcha to’lanadi. Oylik to’lovlar qanchaga teng bo’ladi? 30. (Kelgusi va joriy qiymatlarni kalkulyator yordamida aniqlash) 2013-yilda Bill Geyts Microsoftdagi 21% ulushini tahminan 14% ga tushirgani sababli 28 milliard dollar oldi va uni fondga yo’naltirdi. Engi Bill Geytsning mablag’i bu holatlarda qanday bo’lishini aniqlaymiz. a. Men Manhettanni olamanmi? Manhettanning mahalliy qabilasi uni piter Minuitga 1626-yil 24 dollarga sotgan. Endi 387 yil o’tib 2013-yilda Bill Geyts yerni “mahalliy yashovchilar”dan sotib olmoqchi. Bill Geyts Manhettanni sotib olishi uchun “mahalliy yashovchilar” haqiqiy sotib olingan summadan 6 foiz yillik qaytim bilan qancha to’lashi kerak? Uning bunga qurbi yetadimi? b. (Yillik bo’lmagan davrlarni kalkulyator yordamida aniqlash) Agar “mahalliy yashovchilar” haqiqiy 24 dollardan 6% oylik qaytimni talab qilishsa Bill Geyts unga qancha to’lab berishi kerak? c. Microsoft Seattle? Bil Geyts Manhettanning o’rniga 10 yilda 60 millirad dollarlik Sietl, Vashington shahrini qurmoqchi bo’lsa, Bil Geyts bugun qancha summani 10 yilda qurish uchun 10% dan investitsiyalashi zarur? d. Endi faraz qilamiz, Bill Geyts o’zining yarim ulushini 14 milliard dollarni 10 yilda Sietlni 60 milliard dollarga sotib olish maqsadida investitsiya qilmoqchi. e. Margaritaville? Katta shaharni sotib olish yoki qurishning o’rniga biznesni tark etib o’zining golf o’yiniga vaqtini sarflamoqchi. O’zining nafaqasini ta’minlash maqsadida 28 milliard dollarlik jamg’armasini xavfsiz investitsiyalarga yo’naltirib yillik 7 foizdan daromad olmoqchi. Shuningdek, janob Geyts bugundan boshlab nafaqasidan 40 ta teng yillik pul moqdorlarini yechib olmoqchi. Bu holatda Bill Geytsning yillik yechib oladigan summasi qanchaga teng? 1. Suhrob bankka 22500000 so’mni ma’lum muddatga yillik 13% dan omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1309613 so’m hisoblangan foizlarni taqdim etdi. Berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda quydagilarni aniqlang: murakkab foiz formulasidan foydalangan holda omonat muddatini aniqlang; b) Suhrob har oy 125657 so’mdan olish uchun yillik necha foizdan o’z mablag’ini bankka omonatga qo’yish zarur. 1. Siz bankka 10 mln.so’mni yillik 17% dan 7 oy muddatga omonatga qo’ydingiz. Murakkab foiz formulasi orqali 7 oy uchun hisoblangan foiz miqdorini aniqlang. 2. Murakkab foiz formulasi orqali yillik 10% stavka bilan 5 yilga omonatga qo’yilgan 1000 AQSh dollarini bo’lajak qiymatini aniqlang 3. Quyidagi pul tushumlarining sof keltirilgan qiymatini hisoblab chiqing: Siz bugun 30000 dollar investitsiya qilasiz va bir yildan keyin 2000 dollar, ikki yildan keyin 8000 dollar va joriy yildan boshlab 7 yil davomida har yili 10000 dollardan olib turasiz. Faraz qiling, foiz stavkasi yiliga 8%ni tashkil etadi. 4. Bir yildan keyin 10 mln.so’m kerak. Bank sizga yillik 14 % stavkasini taklif qilmoqda. 10 mln. so’mni keltirilgan qiymatini aniqlang 5. Jahongirning bankdagi omonati bo’yicha foizlar har yili o’zgaradigan “suzuvchan” foiz stavkalari asosida yoziladi. Jahongir bankdagi hisob raqamiga uch yil avval 20000 dollar qo’ygan. U vaqtda yillik foiz stavkasi 7% ni tashkil etgan. O’tgan yili foiz stavkasi atigi 6% bo’lgan va shu yili stavka yana tushdi – bu safar 5%gacha pasaydi. Joriy yilning so’ngida uning hisob raqamida qancha pul bo’ladi? 6. Faraz qilaylik, ikki yildan keyin mashina sotib olish uchun birinchi badalni to’lashga Sizga 2500 dollar kerak bo’lishini bilasiz. a. “ABC” bank ikki yillik omonat bo’yicha yiliga 4%, “XYZ” bank esa ikki yillik omonatlar bo’yicha yiliga 5 % taklif etayapti. Agar ikki yildan keyin Sizga 2500 dollar kerak bo’lishini bilsangiz, oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun “ABC” bankka qancha pul qo’yish kerak? Shuningdek, “XYZ” bankka qancha pul qo’yish kerak? Qaysi bankni tanlaysiz? b. Sizga pullar uch yildan keyin kerak. Bugun “ABC” bankka qancha pul qo’yish kerak? XYZ” bankka qancha? 7. Ravshan uning firmasiga investitsiya qilingan pullar olti yildan keyin ikki barobar ko’payadi deb va’da bermoqda. Investorlarga daromadni har chorakda yozish va reinvestitsiya qilish nazarda tutilgan. Investorlar qanday samarali yillik daromadlilikka umid qilsalar bo’ladi? 8. Hisob-kitoblarga ko’ra Alisher Navoiyning tadbirkorlik faoliyatidan kunlik topgan mablag’i taxminan 11,25 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan. Agar u bu mablag’ini 30 % ini xayriya va 20 % ini soliq uchun ajratgan bo’lsa, qolganini reinvestitsiya qilgan. Endi siz Alisher Navoiyni tadbirkorlik faoliyati bilan 20 yil shug’ullanganini hisobga olib, 20 yil davomida to’plangan mablag’ni aniqlang. Faraz qiling, 1500- yilda bank mavjud bo’lsin. Agar Alisher Navoiy to’plangan pulni yiliga 3% evaziga bankka qo’ygan bo’lganda, 2018-yilga kelib, ya’ni 518 yildan keyin murakkab foizlarni inobatga olgan holda buyuk shoirning hisob raqamida qancha pul bo’lar edi? 9. To’rt yil davomida har yili Sizga 1500 dollar kelib tushishini ta’minlaydigan va shu muddat oxiriga kelib mablag’i umuman tugaydigan jamg’arma tashkil etishingiz lozim. Agar foiz stavkasi yiliga 13% bo’ladigan bo’lsa, bugun bankka necha pul qo’yishingiz kerak? 10. 10 mln.so‘m 5 yilga 30% stavkasi bilan berilgan. Pulning oshgan qiymati summasi aniqlansin 11. 70000 so‘m 90 kunga 20% stavkasi bilan berilgan bo‘lsa, oshgan qiymatni aniqlang. 12. 3,5 yilga 20 mln.so‘m miqdorida kredit berildi. Birinchi yil uchun foiz stavkasi 150%, qolgan vaqtda har yarim yilda stavka 10%ga oshadi. Oshgan summani aniqlang. 13. 5 mln.so‘m 4 yilga 25% yillik stavka bilan bankka joylashtirildi. Shartnoma bo‘yicha bank murakkab foizlar bilan pulni qaytarib berishni bo‘yniga olgan. Bank necha so‘m qaytib beradi? 14. Renta muddati 10 yil. Har yil oxirida bir marta 400 ming so‘m to‘lanadi. Foiz stavkasi 5%. Oshgan summani aniqlang. 15. Yillik renta besh yillik muddat bilan 2000 ming so‘mni tashkil qiladi (i=0,06). Buni 8 yillik rentaga almashtirish talab etiladi. Boshqa shartlar o‘zgarmas 16. 11273 dollar olish uchun 7000 dollar necha foiz stavkada 5 yilga investitsiya qilinishi kerak? 17. Murakkab foiz formulasi orqali yillik 10% stavka bilan 5 yilga omonatga qo’yilgan 1000 AQSh dollarini bo’lajak qiymatini aniqlang 18. Siz 20 yoshdasiz va 45 yil muddatga yiliga 8%ga 100 dollar qo’yishni o’ylayapsiz. 65 yosh bo’lganingizda hisobingizda qancha pulingiz bo’ladi? Agar yillik foiz stavkasi 9% bo’lgan bankni topishga muvaffaq bo’lsangiz, u holda 65 yosh bo’lganingizda pullaringiz qancha bo’ladi? 19. Bir yildan keyin 10 mln.so’m kerak. Bank sizga yillik 14 % stavkasini taklif qilmoqda. 10 mln. so’mni keltirilgan qiymatini aniqlang. 20. 5000 dollar pul 6 foiz stavkada 12 yilga investitsiya qilindi. Investitsiyadan olinadigan foyda qancha bo'ladi? 21. 6375 dollar foyda olish uchun 4000 dollar pul 10 foiz stavkada qancha muddatga investitsiya qilinishi kerak? 22. 9953 dollar daromad olish uchun mijoz bankga 20 foiz stavkada 5yilga qancha miqdorda pul qo'yishi kerak? 23. 11273 dollar olish uchun 7000 dollar necha foiz stavkada 5 yilga investitsiya qilinishi kerak? 24. Murakkab foiz formulasi orqali yillik 10% stavka bilan 5 yilga omonatga qo’yilgan 1000 AQSh dollarini bo’lajak qiymatini aniqlang 25. Siz 20 yoshdasiz va 45 yil muddatga yiliga 8%ga 100 dollar qo’yishni o’ylayapsiz. 65 yosh bo’lganingizda hisobingizda qancha pulingiz bo’ladi? Agar yillik foiz stavkasi 9% bo’lgan bankni topishga muvaffaq bo’lsangiz, u holda 65 yosh bo’lganingizda pullaringiz qancha bo’ladi? 26. Bir yildan keyin 10 mln.so’m kerak. Bank sizga yillik 14 % stavkasini taklif qilmoqda. 10 mln. so’mni keltirilgan qiymatini aniqlang. 27. 1000 AQSh dollarini 10 %li diskont stavkasidan foydalangan holda keltirilgan qiymatini aniqlang. n= 5 yil. 28. 11 million so’mni yillik 3 %li stavkadan foydalangan holda keltirilgan joriy qiymatini aniqlang. n=3 yil. 29. 20.03.2020 sanada Siz 200 AQSH dollariga 1 yilga 8 % AQSH davlat obligatsiyalarini sotib oldingiz. Ushbu sanada 1 AQSH dollari 8010 so’mni tashkil etgan bo’lsa, 20.03.2021 sanada 1 AQSh dollari 8210 so’mni tashkil etdi. So’m uchun real daromadlilik stavkasini aniqlang? 30. 1000 AQSh dollarini 10 %li diskont stavkasidan foydalangan holda keltirilgan qiymatini aniqlang. n= 5 yil. Download 259.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling