2.2. Budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish va
ulardan foydalanish amaliyoti
Budjet tashkilotlari budjet mablag’lari doirasida faoliyat yuritish bilan bir
qatorda, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalarini shakllantirish
va ulardan foydalanish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi
bilan belgilab qo’yilishicha, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
jamg’armalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan budjet tashkiloti
tasarrufiga kelib tushadigan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi
25
.
Budjet Kodeksining 60-moddasiga muvofiq, budjet tashkilotlarining
budjetdan tashqari qo’shimcha daromadlari “Budjet tashkilotining rivojlantirish
jamg’armasi” deb nomlangan jamg’armada jamlanadi. Bu jamg’armani
shakllantirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi (4-rasm):
hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo’yicha
tejalgan mablag’lar, bundan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda
tutilgan mablag’lar mustasno;
faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya
qilishdan olingan daromadlar;
budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan
mablag’larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan
mablag’lar;
homiylikdan olingan mablag’lar.
Shuningdek, davlat tibbiyot muassasalarida ham budjetdan tashqari
mablag’lar hisobidan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va
rivojlantirish jamg’armasi shakllantiriladi. Ushbu jamg’arma mablag’larini
25
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi, 3-modda.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |