"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala


-rasm.   Budjet xarajatlari ijrosini tashkil etish


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/50
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189792
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

6-rasm.  

Budjet xarajatlari ijrosini tashkil etish

29

 

 

 

-  budjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja 



bajarilmaganligi; 

-  budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat 

birliklari to‘ldirilmaganligi; 

-  kapital  qo‘yilmalarni  moliyalashtirish  uchun  nazarda  tutilgan  mablag‘lar 

moliya yili yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganligi; 

-  budjet  tashkilotlari  faoliyati  to‘xtatib  turilganligi,  to‘xtatib  turilgan  davr 

uchun; 

2) davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan, budjet 

tashkilotlarining  tasdiqlangan  xarajatlar  smetalarida  nazarda  tutilgan  ortiqcha  va 

qonunga xilof ravishda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning; 

3) qonun  hujjatlari  qabul  qilinishi  munosabati  bilan  budjetdan  ajratiladigan 

mablag‘lar miqdorlarining qisqartirilishi; 

                                                           

29

 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining VII bo‘lim, 19-bob, 120-moddasi asosida keltirildi. 



yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, 

ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish

kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu 

jumladan budjetlararo transfertlarni o‘tkazish

hisob va hisobot



47

 

 



4) moliya  yili  boshiga  tovar-moddiy  qimmatliklarning  normativdan  ortiq 

zaxiralarining; 

5) dotatsiyalar  va  subsidiyalarni  to‘lash  uchun  mo‘ljallanib,  zarurat 

qolmagan summalariga kamaytiriladi. 

G’aznachilikda  budjet  tashkilotlari  xarajatlarini  to’lash  uchun  ular 

tomonidan  pul  mablag’lari  o’tkazilishi  quyidagi  talablarga  asoslangan  to’lov 

topshiriqnomalari bilan G’aznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladi: 

 



moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetalari asosida va 

budjet  mablag’lari  bo’yicha  budjetdan  mablag’  oluvchilarning  bank 

hisobraqamlarida mavjud bo’lgan, xarajatlarning tegishli guruhlari bo’yicha budjet 

mablag’lari qoldiqlarining summalari doirasida; 

 

agar  to’lov  topshiriqnomasida  ko’rsatilgan  summa  moliya  organida 



ro’yxatdan  o’tkazilgan  shartnomaga  ko’ra  to’lanadigan  pul  mablag’lari 

summasidan oshmasa; 

  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  etkazib  berilishini  va  budjetdan  mablag’ 



oluvchining  etkazib  beruvchidan  qarzi  mavjudligini  tasdiqlaydigan  hisobvaraq-

fakturalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga 

etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlar 

bo’lganida; 

 

etkazib  beruvchining  to’lov  topshiriqnomasida  ko’rsatilgan  nomi  va 



rekvizitlari  etkazib  beruvchining  shartnomada  ko’rsatilgan  nomi  va  rekvizitlariga 

muvofiq bo’lsa; 

 

to’lov  topshiriqnomasida  budjet  tasnifining  tegishli  kodlari  to’g’ri 



ko’rsatilgan bo’lsa. 

Etkazib  beriladigan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  uchun  xarajatlarni  to’lash 

bo’yicha  to’lovlarni,  shu  jumladan  bo’nak  to’lovlarini  amalga  oshirish  uchun 

budjetdan  mablag’  oluvchilar  moliya  organiga  belgilangan  tartibda 

rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar: 

a)  besh  nusxada,  agar  G’aznachilik  bo’linmasi  va  mahsulot  etkazib 

beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilsa: 



48

 

 



-  birinchi  nusxasi  -  budjetdan  mablag’  oluvchining  tegishli  mansabdor 

shaxslari  tomonidan  imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  to’lov 

topshiriqnomasining  nusxasi  -  budjetdan  mablag’  oluvchining  g’aznachilik 

bo’linmasiga  budjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’idan  kassa 

xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;  

-  ikkinchi  nusxasi  -  G’aznachilik  bo’linmasining  rahbari  va  mas’ul  shaxsi 

tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va 

bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos 

bo’ladi;  

-  uchinchi nusxasi  -  bank  filialining  to’langanlik  to’g’risidagi  belgisi  bilan 

mahsulot etkazib beruvchiga beriladi;  

-  to’rtinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan 

g’azna  hisobvarag’idan  ko’chirmaga  ilova  qilinadi  va  g’aznachilik  bo’linmasiga 

budjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’ida  kassa  xarajatlarini  aks 

ettirish uchun asos bo’ladi;  

-  beshinchi nusxasi  - G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi 

bilan  va  to’langan  sana  qo’yilgan  holda  budjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy 

hisobvarag’idan  ko’chirma  bilan  birgalikda  budjetdan  mablag’  oluvchining 

vakolatli xodimiga beriladi. 

b)  to’rt  nusxada,  agar  G’aznachilik  bo’linmasi  va  mahsulot  etkazib 

beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat ko’rsatilsa: 

-  birinchi  nusxasi  -  budjetdan  mablag’  oluvchining  tegishli  mansabdor 

shaxslari  tomonidan  imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  to’lov 

topshiriqnomasining  nusxasi  -  budjetdan  mablag’  oluvchining  g’aznachilik 

bo’linmasiga  budjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’idan  kassa 

xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;  

-  ikkinchi  nusxasi  -  G’aznachilik  bo’linmasining  rahbari  va  mas’ul  shaxsi 

tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va 

bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos 

bo’ladi; 




49

 

 



-  uchinchi nusxasi  -  bank  filialining  to’langanlik  to’g’risidagi  belgisi  bilan 

g’azna  hisobvarag’idan  ko’chirmaga  ilova  qilinadi  va  g’aznachilik  bo’linmasiga 

budjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’ida  kassa  xarajatlarini  aks 

ettirish uchun asos bo’ladi; 

-  to’rtinchi  nusxasi  -  G’aznachilik  bo’linmasining  “TO’LANGAN”  belgisi 

bilan  va  to’langan  sana  qo’yilgan  holda  budjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy 

hisobvarag’idan  ko’chirma  bilan  birgalikda  budjetdan  mablag’  oluvchining 

vakolatli xodimiga beriladi. 

v)  uch  nusxada,  agar  G’aznachilik  bo’linmasi  hamda  unga  xizmat 

ko’rsatuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa: 

-  birinchi  nusxasi  -  budjetdan  mablag’  oluvchining  tegishli  mansabdor 

shaxslari  tomonidan  imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  to’lov 

topshiriqnomasining  nusxasi  -  budjetdan  mablag’  oluvchining  g’aznachilik 

bo’linmasiga  budjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy  hisobvarag’idan  kassa 

xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi; 

-  ikkinchi  nusxasi  -  G’aznachilik  bo’linmasining  rahbari  va  mas’ul  shaxsi 

tomonidan imzolanadi, G’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va 

g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi.  

-  uchinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “To’langan” belgisi bilan 

va  to’langan  sana  qo’yilgan  holda  budjetdan  mablag’  oluvchining  shaxsiy 

hisobvarag’idan  ko’chirma  bilan  birgalikda  budjetdan  mablag’  oluvchining 

vakolatli xodimiga beriladi. 

Budjet  tashkilotlari  o’z  xarajatlarini  to’lash  uchun  moliya  organiga 

mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari, 

hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va budjet 

tashkilotining  etkazib  beruvchidan  qarzi  mavjudligini  tasdiqlaydigan  boshqa 

hujjatlar,  shuningdek  budjet  tashkiloti  zimmasiga  etkazib  beruvchiga  bo’nak 

to’lovini  o’tkazish  majburiyatini  yuklaydigan  hujjatlarni  taqdim  etadilar.  Bo’nak 

to’lovi  hisobiga  mablag’larni  to’lash  uchun  budjet  tashkiloti  uning  zimmasiga 



50

 

 



etkazib  beruvchiga  bo’nak  to’lovini  o’tkazish  majburiyatini  yuklaydigan 

hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi. 

Budjet  tashkilotlari  tomonidan  taqdim  etilgan  to’lov  hujjatlari  va  ularga 

ilova  qilingan  hujjatlarni  tekshirish,  shuningdek  to’lov  topshiriqnomalarini  ijro 

uchun  xizmat  ko’rsatuvchi  bankka  topshirishni  moliya  organlari,  qoidaga  ko’ra 

ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar. 

Moliya  organlari  budjet  tashkilotlari  taqdim  etgan  hujjatlarni  ularning 

talablarga  muvofiqligi  masalasida  tekshiradilar.  Budjet  tashkilotlari  taqdim  etgan 

to’lov  va  boshqa  hujjatlar  talablarga  muvofiq  kelmasa,  moliya  organi  ularni 

budjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga 

ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi. 

Shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2009  yil  22 

dekabrdagi  PQ-1275-sonli  Qarorining  25-bandiga  muvofiq,  2010  yildan  boshlab 

vazirlik  va  idoralarning,  budjet  tashkilotlarining  barcha  budjetdan  tashqari 

jamg’armalari  mablag’larini  davlat  budjetining  g’azna  ijrosi  mexanizmi  bilan 

qamrab  olish  amalga  oshirilmoqda.  Bunda,  budjet  tashkilotlarining  budjetdan 

tashqari mablag’lari bo’yicha bank hisobvaraqlari yopilib, G’aznachilikda tegishli 

shaxsiy hisobvaraqlar ochildi. 

Budjet  tashkilotlarining  davlat  budjetining  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab 

olingan budjetdan tashqari mablag’lari quyidagilardan iborat: 

 

Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi; 



 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 



Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari; 

  Tibbiyot  muassasalarini  moddiy  rag’batlantirish  va  rivojlantirish 



jamg’armasi; 

 



o’tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi; 

 



maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalar  ta’minoti  uchun  ota-

onalardan tushumlar; 

  maktabdan tashqari muassasalarda (musiqa va san’at maktablari) bolalar 



ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar; 


51

 

 



 

xodimlardan,  ular  ishlayotgan  joyida  ovqatlanganligi  bo’yicha  hisob-



kitoblardan tushadigan tushumlar; 

  maktab-internatlar  va  litseylarda  bolalarning  ta’minoti  uchun  ota-



onalardan tushumlar; 

 



ta’lim muassasalarida o’qishdan tushadigan mablag’lar; 

  vazirlik  va  idoralarning  ajratmalar  hisobiga  shakllanadigan  budjetdan 



tashqari jamg’armalari; 

 



umumta’lim  muassasalarida  darsliklar  ijarasi  to’lovidan  tushgan 

budjetdan tashqari mablag’lar; 

 

kapital qo’yilma mablag’lari bo’yicha depozitlar



 

turg’un 



davolash-profilaktika 

muassasalarida 

davolanayotgan 

bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to’lovlar; 

  taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar; 



 

boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi; 



  boshqa mablag’lar bo’yicha depozitlar; 

 

budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablag’lari. 



O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 4 avgustdagi 69-sonli 

buyrug’i bilan tasdiqlangan va  O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 

yil  16  sentyabrda  2007-son  bilan  ro’yxatdan  o’tkazilgan  “Davlat  budjetining 

g’azna ijrosi Qoidalari”ning “Budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari 

mablag’lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish” deb nomlangan VIII-bo’limida 

“Budjetdan  tashqari  mablag’lar  bo’yicha  yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlarning 

qabul  qilinishi,  shuningdek  budjetdan  tashqari  mablag’larning  kassa  xarajatlari 

kelib tushgan budjetdan tashqari mablag’lar doirasida amalga oshiriladi va budjet 

mablag’lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi”, deb belgilab qo’yilgan.  

Yuqorida  tarkibi  keltirilgan  budjetdan  tashqari  mablag’lar  bo’yicha 

daromadlar  va  xarajatlar  g’azna  ijrosini  G’aznachilikda  tashkil  qilishning  o’ziga 

xos jahatlari quyidagi jadvalda umumlashtirilgan. 




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling