"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari
67
XULOSA
Bitiruv malakaviy ishining yuqoridagi bob va paragraflarida biz budjet tashkilotlari moliyasini boshqarish va samarali tashkil etish masalalarini o’rgandik, budjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishga taalluqli me’yoriy hujjatlarni tahlil qildik, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlarini, shuningdek, budjet tashkilotlari xarajatlarining g’azna ijrosi amaliyotini ko’rib chiqdik. Budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarishga qaratilgan tadbirlar ichida budjet tashkilotlarini pasportizatsiya qilish loyihasi va uning doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarni sharhlab berishga harakat qildik. Shuningdek, budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishnnig avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, uning afzalliklari va ishlash printsiplarini bayon qildik. Izlanishlarimiz asosida shakllangan xulosalarimiz va taklif-mulohazalarimiz quyidagilardan iborat: Birinchidan, budjet tashkilotlari o’z xarajatlarini ular uchun ajratilgan budjet limitlari doirasida mustaqil ravishda,lekin o’rnatilgan me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshiradilar. Shunday ekan, budjet tashkiloti doim qo’shimcha mablag’larga ehtiyoj sezadi, chunki uning ehtiyojlarini qoplashga etadigan va budjet tashkilotlari tomonidan hisoblab chiqarilgan summa budjet limitlaridan shubhasiz oshib ketadi. Bu holat budjet tashkilotlarining o’z xarajatlarini aniqlash va rejalashtirishda mustaqilligini kamaytiradi. Ikkinchidan, budjetdan moliyalanadigan tashkilotlarga mablag’larning to’liq hajmda safarbar etish imkoniyati shu davrdagi tegishli budjetning imkoniyati bilan bog’liq. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini to’lab brishda shu munosabat bilan xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat (XAOR) joriy qilingan. G’aznachilik organlari tomonidan beriladigan XAOR esa tegishli budjetning shu davrdagi daromadlari darajasiga bog’liq. Shuning uchun budjet tashkilotlarining o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlanishini yaxshilash uchun budjetning barqarorligini 68
ta’minlash, buning uchun esa shu hudud iqtisodiyoti budjet potentsialini ko’tarish zarur.
Uchinchidan, moliyaviy nazorat organlarining nazorat tadbirlari yuzasidan hisobotlarini ko’radigan bo’lsak, aksariyat hollarda tekshiruvlar natijasidagi kamomad va suiste’mollar aniqlanadi va tegishli budjetga tiklanadi. Bu holat budjet tashkilotlarida budjet intizomining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligini bildiradi. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobinnig avtomatlashtirilgan tizimining yo’lga qo’yilishi yaqin istiqbolda budjet tashkilotlaridagi moliyaviy tartib buzilishlarning oldini olishga xizmat qilishi kerak. To’rtinchidan, budjet tashkilotlari ehtiyojlarini qondirish manbalarini to‘g‘ri belgilash zarur. Budjetdan ajratilgan mablag‘lar muassasaning barcha ehtiyojlarini, ayniqsa, qimmat turuvchi uskuna, jihozlar, o‘quv-laboratoriya jihozlariga bo‘lgan ehtiyojlarini, mablag‘larning chegaralanganligi bois, qondira olmaydi. Shu sababli keng miqyosda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlarini izlab topish lozim. Buning uchun pullik xizmat turlarini kengaytirish, shartnoma asosida boshqa korxona va tashkilotlarga xizmatlar ko‘rsatish kabilarni joriy qilish maqsadga muvofiq. Beshinchidan, budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishda me’yorlashtirish tizimini takomillashtirish, xizmat turiga qarab: aholi jon boshiga, har bir o‘quvchiga, har bir tarbiyalanuvchiga, har bir talabaga aniq xarajat me’yorlarini ishlab chiqish kerak, ularga amal qilish resurslar taqsimotidagi ijtimoiy adolatni ta’minlaydi. Oltinchidan, budjet tashkilotlari uchun ajratiladigan kommunal xizmatlar – gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi iste’moli me’yorlarini aniq, puxta va optimal qilib o‘rnatish, tashkilotning ularga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojini aniq hisoblab chiqish va to‘g‘ri rejalashtirish, budjet tashkilotining pasportida aniq ko‘rsatish lozim, shundagina bu ehtiyojlarning to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash mumkin. Ettinchidan, bugungi kundagi budjet tashkiloti budjet jarayonining to’laqonli ishtirokchisi sanaladi, undagi moliyaviy boshqaruvning qanday yo’lga 69
qo’yilganligi moliyachi-kadrlarga ko’p jihatdan bog’liq. Ular budjet qonunchiligini bilishi, smeta xarajatlarini rejalashtirish, komputerda ishlash, Internetdan foydalanish, boshqa elektron tarmoqlar bilan bog’langan holda tashkilot muammolarini yechish, davlat
xaridlarining elektron tizimida ishlash
ko’nikmakariga ega bo’lishi, “O’zASBO” KDda ishlay olishi lozim. Shuning uchun bu masalalarda ma’lum malakaga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga bo’lgan talabni kuchaytirish, ularni moliyani boshqarishning yangi usullariga o’rgatish lozim Xulosa qilib
aytganda, budjet
tashkilotlari moliyasini yanada takomillashtirish qator omillarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak. Bu omillar: budjetning daromad va xarajatlar bo‘yicha barqarorligi, me’yoriy-huquqiy bazaning takomillashganligi, menejer-kadrlarning nazariy va amaliy salohiyati, sohalarga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tobora kengroq va shiddatliroq kirib borishi va boshqa omillar. O‘ylaymizki, bu omillarning o‘z vaqtida hisobga olinishi islohotlarning kutilgan natijalarini beradi, ularning samarali va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlaydi, hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni to‘laqonli bajarishga xizmat qiladi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling