"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari
III BOB BO‘YICHA XULOSA
Yuqoridagi bobda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan shuni xulosa qilish mumkinki, budjet tashkilotlari moliyasini boshqarish va samarali tashkil etishda ham qator konstruktiv o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shunday ustuvorliklardan biri - budjet tashkilotining pasportini tuzish hisoblanadi. U muassasalar va
66
tashkilotlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanishga, muassasalar, tashkilotlarning ular asosiy funksiyalarini bajarish uchun zarur asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlashga, energetik xo‘jaliklarning obyektiv ehtiyojlaridan va budjetdan moliyalashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib tashkilotlar uchun yonilg‘i-energetik resurslar va suv iste’moli limitlarini hisoblab chiqishga yetarli asos bolib xizmat qiladi. Budjet tashkilotlarida amalga oshirilayotgan va ular moliyasini samarali tashkil etishga xizmat qilayotgan tadbir - “O’zASBO” KDni joriy etish. “O’zASBO” KDning
tadbiq etilishi natijasida unga
o’zgarishlarni markazlashtirilgan tarzda kiritish, shuningdek ma’lumotlarni ishonchli saqlash va rezervlashni ta’minlanadi, barcha mintaqalarda joylashgan budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha ma’lumotlar bazasi tuzilmasi yaratiladi, buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiya bo’yicha yuritilishini ta’minlaydigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratiladi, tarixiy xronologiyani kuzatib borish, hisob davrlari, shu jumladan budjet tashkilotlarining avvalgi yillardagi faoliyati davrlari bo’yicha hisob yuritish imkoni beriladi, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan analitik va sintetik hisob yuritish bo’yicha registrlarni, turli joriy va davriy hisobotlarni yuritish va ularni qog’ozga tushirish imkonini beradi. Amalga oshirilayotgan va budjet tashkilotlari moliyaviy faoliyatiga tadbiq etilayotgan yangiliklar va o’zgarishlar ular moliyasining mustahkamlanishiga, mablag’lar harakatinnig shaffofligiga, hisob va hisobot tizimining to’g’ri tashkil etilishiga, xato va kamchiliklarni minimallashtirishga xizmat qiladi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling