"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/50
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189792
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

Wib = rib * Fi * tib, 

Bu yerda tib — resurs iste’molining hisoblangan vaqt davri. 

Tashkilot  tomonidan  resurs  iste’mol  qilinishi  hajmining  jami  bazaviy 

qiymati  tashkilotga  tegishli  alohida  obyektlarda  resurs  istemoli  hajmlarining 

xususiy qiymatlarini jamlash asosida aniqlanadi. 

Tashkilotning  resursni  iste’mol  qilganlik  uchun  to‘lovlar  bo‘yicha  limitlari 

quyidagi tarzda hisoblab chiqiladi: 

Sl = T · Wb · k + S, 

Bu  yerda  T  —  iste’mol  qilinadigan  resurs  uchun  amaldagi  tarif;  Wb  — 

resurs  iste’mol  qilinishining  bazaviy  qiymati;  k  —  resursni  tejash  topshirig‘idan 

kelib  chiqib,  resurs  tejalishini  belgilab  beruvchi  koeffitsient;  S  —  energiya 

tejamkorligi tarkibi. 



58

 

 



Pasport  budjet  muassasasi  va  tashkiloti  tomonidan  har  yili  hisobot  yilidan 

keyingi yilning 1 yanvari holatiga tuziladi. 

Yangi tashkil etiladigan budjet muassasalari va tashkilotlari pasportni davlat 

ro‘yxatidan o‘tishi sanasiga tuzadi.  

Pasport  budjet  tashkiloti  va  muassasasining  qayta  tashkil  etilishi  yoki 

tugatilishi paytigacha amal qiladi. 

Budjet  mablag‘lari  oluvchilari  belgilangan  shaklda  to‘ldirilgan  Pasportni 

kelishib olish uchun moliya organlariga (Moliya vazirligiga) taqdim etishlari shart. 

Moliya  organlari  (Moliya  vazirligi)  ko‘rib  chiqish  uchun  qabul  qilingan 

Pasportlarning  to‘liqligi  va  undagi  ma’lumotlarning  ishonchliligini,  shuningdek 

belgilangan  shakllarning  o‘rnatilgan  talablarga  muvofiqligini  tekshiradi,  budjet 

muassasalari  va  tashkilotlari  pasportlarini  tasdiqlaydi,  budjet  muassasalari  va 

tashkilotlari pasportlari reestrini shakllantiradi. 

Yuqorida  bayon  etilgan  barcha  o‘zgarishlar,  yangiliklar  va  mexanizmlar 

budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlashga, budjet mablag‘larining 

ularning so‘nggi iste’molchilariga etib borish yo‘llarini osonlashtirishga, bu yo‘lda 

budjet  mablag‘larining  yo‘qolib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaslikka  xizmat  qilishi 

shubxasiz. 




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling