"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala


-rasm  Noishlab chiqarish sohasidagi moliyaviy


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189792
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

1-rasm 

Noishlab chiqarish sohasidagi moliyaviy  

munosabatlarning guruhlanishi

4

 

 

                                                           



4

 Izlanishlar asosida talaba tomonidan tayyorlandi 

Noishlab chiqarish sohasida sodir bo’ladigan moliyaviy 

munosabatlarning guruhlanishi 

Noishlab chiqarish sohasi muassasalari bilan davlat 

budjeti o’rtasidagi pul munosabatlari 

Tarmoq boshqaruv organlari va ularga qarashli (tobe 

bo’lgan) muassasa va tashkilotlar o’rtasidagi pul 

munosabatlari 

Noishlab chiqarish sohasi bilan boshqa sohalardagi xo’jalik 

subyektlari o’rtasidagi pul munosabatlari 

Noishlab chiqarish sohasi subyektlari bilan ular xizmatlarining 

iste’molchilari va homiylar o’rtasidagi pul munosabatlari 

Noishlab chiqarish sohasi muassasalari ichidagi maqsadli pul 

fondlarini tuzish va ulardan foydalanish bilan bog’liq 

bo’lgan pul munosabatlari 




9

 

 



-  noishlab  chiqarish  sohasi  moliyasi  barcha  jamiyat  a’zolari  uchun  turli 

xarakterdagi  xizmatlar  ko’rsatish  jarayonida  amal  qiladi,  bu  xizmatlar  asosan 

muayyan to’lov evaziga yoki bepul ko’rsatiladi; 

-  noishlab  chiqarish  sohasi  faoliyatining  moddiy  asosi  bo’lgan  noishlab 

chiqarish  maqsadlaridagi  fondlarni  sotib  olish,  yangilash,  kengaytirish  va 

foydalanish  –  maqsadli  pul  fondlarini  tuzish  va  ulardan  foydalanish  bilan  bog’liq 

bo’lgan pul munosabatlari asosida yuz beradi

-  noishlab  chiqarish  sohasi  mahsulotining  moddiy  emasligi  va,  shuning 

uchun  jamg’arilmasligi  bilan  xarakterlanadi,  bu  holat  mazkur  sohada  pul 

mablag’lari  harakatining  o’ziga  xosligini,  pul  fondlari  shakllanishi  va 

ishlatilishining o’ziga xos tartibi va shart-sharoiti mavjud bo’lishini taqozo etadi; 

-  noishlab  chiqarish  sohasida  shunday  maxsus  moliya  mexanizmidan 

foydalanish  lozimki,  u  aqliy  mehnatni  rag’batlantirishga,  uning  samaradorligini 

oshirishga hizmat qilsin. 

Noishlab  chiqarish  muassasalarining  bir  qismi  tijorat  hisobi  asosida  ish 

yuritsa,  bir  qismi  notijorat  asosida  faoliyat  yuritadilar.  Bu  faoliyatning  pirovard 

maqsadi  -    foyda  olish  bo’lmaydi,  lekin  ularning  qo’shimcha  daromadlarni  jalb 

qilish intilishlarini ham inkor etmaydi. 

Notijorat muassasa va tashkilotlari quyidagi xizmatlarni amalga oshiradilar: 

-  ijtimoiy xarakterdagi xizmatlar; 

-  boshqaruv xarakteridagi xizmatlar; 

-  jamoat tartibini saqlash; 

-  mamlakat mudofaasi. 

Rejali  iqtisodiyot  davrida  bu  tashkilotlarning  deyarli  barcha  xarajatlari 

budjetdan  moliyalashtirilar  edi.  Lekin  bozor  sharoitlariga  kelib  aholiga  ijtimoiy 

xizmat  ko’rsatish  darajasini  oshirish  maqsadida  pullik  xizmatlar  sohasini 

kengaytirish,  tashkilotlarning  xo’jalik  yuritishning  yangi  sharoitlariga  o’tishi 

natijasida ular moliyaviy resurslari manbalarining tarkibi birmuncha kengaydi. 




10

 

 



Iqtisodiyotning notijorat sektori tashkilotlari va muassasalarining moliyaviy 

resurslari  –  o’z  faoliyatini  amalga  oshirish  va  kengaytirish  uchun  turli  manbalar 

evaziga jalb qilingan pul mablag’laridir. 

Notijorat  tashkilotlari  moliyaviy  resurslarining  shakllanish  manbalari  ikki 

omilga bog’liq: 

-  xizmat turiga; 

-  ularni taqdim etish xarakteriga (bepul yoki pullik). 

1.  Xizmatlarning  ayrim  turlari  jamiyat  uchun  bepul  ko’rsatiladi  (davlat 

boshqaruvi, mudofaa, milliy xavfsizlik xizmati, jamoat tartibini saqlash kabilar). 

2. Ayrim xizmat turlari – muayyan to’lov evaziga amalga oshiriladi. Bular: 

teatrlar, kontsert uyushmalari, ko’rgazma zallari, adliya xizmatlari, ya’ni notariat, 

advokatura va boshqalar. 

3. Ijtimoiy-madaniy xarakterdagi xizmatlar turli-tuman bo’lib, ham muayyan 

to’lov  evaziga,  ham  bepul  ko’rsatiladi.  Shu  sababli  bu  muassasalar  moliyaviy 

resurslarining manbalari turli-tumandir

.

 



Ijtimoiy-madaniy  ehtiyojlarning  o’zi  turli  tuman  bo’lib,  ularni  quyidagi 

guruhlarga jamlash mumkin: 

1).  Butun  jamiyat  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  ehtiyojlar.  Bu 

ehtiyojlarni qondirish har bir fuqaroning oladigan daromadiga bog’liq bo’lmasligi 

va  mamlakat  Konstitutsiyasi  bilan  kafolatlangan  bo’lishi  kerak.  Bu  ehtiyojlarni 

qoplash  manbai  –  umumdavlat  moliyaviy  resurslaridir  (davlat  budjeti  va 

davlatning budjetdan tashqari maxsus fondlari mablag’lari). 

2). 


Ijtimoiy 

ahamiyatga 

ega, 

lekin 


umumdavlat 

resurslarining 

chegaralanganligi  bois  qisman  davlat  budjetidan  zarur  minimal  hajmda 

moliyalashtiriladigan  ehtiyojlar  (tibbiy  xizmatlar,  ta’lim,  ijtimoiy  ta’minot  – 

o’rnatilgan  me’yorlar  darajasida).  O’rnatilgan  minimal  me’yorlardan  oshgan 

ehtiyojlar  boshqa  manbalar:  korxonalar  mablag’lari,  aholi  mablag’lari  va  boshqa 

manbalar evaziga qoplanadi. 

3).  Fuqarolarning  dam  olish,  sog’lig’ini  muhofaza  qilish,  uy-joy  bilan 

ta’minlash bilan bog’liq shaxsiy ehtiyojlari. Bu ehtiyojlar odatda davlat budjetidan 



11

 

 



qoplanmaydi.  Bu  ehtiyojlarni  qoplash  manbalari  korxonalarning  mablag’lari, 

aholining shaxsiy mablag’lari bo’lishi mumkin. 

Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirgan holda iqtisodiyotning notijorat 

sektorini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat (2-rasmga qarang): 




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling