"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Budjet tashkilotlari moliyasining mazmuni, tashkiliy tamoyillari va xususiyatlari
7
I BOB. BUDJET TASHKILOTLARI MOLIYASINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI 1.1. Budjet tashkilotlari moliyasining mazmuni, tashkiliy tamoyillari va xususiyatlari Mamlakatimizda keng tarqalgan budjetdan mablag’ oluvchilarning asosiy qismini tashkil qiluvchi budjet tashkilotlari faoliyatining nazariy asoslari to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor, shuni aytish kerakki, budjetdan mablag’ oluvchi sub’ektlar ortib borayotgan ehtiyojlarining davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan qondirilishi ko’p jihatdan mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlariga bog’liq. Xususan, “Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. ... Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir. O’tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig’i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi” 3 .
Davlatning iqtisodiyotda kechayotgan jarayonlarga ta’sir etish qurollaridan biri davlat budjetidir. Davlat budjet orqali jamiyat talablariga mos ravishda pul mablag’larini moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasida qayta taqsimlanish jarayonini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining rivojlanishini rag’batlantirishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, davlat budjeti iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solishda muhim vosita – dastak bo’lib xizmat qiladi.
3 Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish — ustuvor vazifamizdir. T.: O‘zbekiston. 2015. 4-bet. 8
Bizga ma’lumki, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sohalari ikki yirik sohadan iborat:
1. Moddiy ishlab chiqarish sohasi. 2. Nomoddiy ishlab chiqarish (yoki noishlab chiqarish) sohasi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida moddiy qimmatliklar yaratiladi, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi, ishlar bajariladi. Noishlab chiqarish sohasida turli xizmatlar (maishiy, kommunal, ijtimoiy, davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi, milliy xavfsizlik, ichki ishlar xizmatlari) ko’rsatiladi. Noishlab chiqarish sohasida sodir bo’ladigan moliyaviy munosabatlar turli- tuman bo’lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (1-rasm).
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling