"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning amaldagi tartibi
22
II BOB. BUDJET TASHKILOTLARI MOLIYASINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH AMALIYOTI TAHLILI 2.1. Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning amaldagi tartibi Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning amaldagi tartibini ushbu paragrafda davlat oliy ta’lim muassasasi
misolida ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Davlat oliy ta’lim muassasasi budjet tashkiloti hisoblanadi, u vakolatli davlat idoralari tomonidan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, ta’lim va ijtimoiy- madaniy funktsiyalarni bajarish uchun tuziladi va to’liq yoki qisman davlat budjetidan moliyalashtiriladi. Kadrlar tayyorlashga bo’lgan davlat buyurtmasi - grant asosida ta’lim oluvchilar soni ta’lim muassasasiga budjetdan mablag’ ajratish uchun asos bo’ladi, shu ko’rsatkichga asosan ta’lim muassasasiga budjet mablag’i ajratiladi. Oliy ta’lim muassasasining budjeti - tegishli qoidalar asosida oliy ta’lim muassasasiga biriktirib qo’yilgan pul mablag’larining hosil bo’lish va sarflanish shakli. OTM ning budjeti ta’lim muassasasi uchun umumiy tarzda yoki qisman yuridik shaxs maqomi berilgan ayrim bo’linmalari uchun alohida moliyaviy hisob- kitob qilish uchun tuziladi. Ta’lim muassasasining budjetdan oladigan mablag’lari - me’yoriy hujjatlarga asosan tasdiqlangan smeta asosida Respublika budjeti va mahalliy budjetlar tomonidan ajratiladigan, OTM larining joriy xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan pul mablag’laridir. Oliy ta’lim muassasasining xarajatlari - ta’lim muassasasining smetada belgilangan xarajat guruhlari doirasida ko’zda tutilgan sarfiyotlarini qoplashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 maydagi PQ-1345- sonli “2010/2011 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim 23
muassasalariga qabul to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 16 avgustdagi 178-sonli “Respublikaning oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi birgalikda “Bir talabani o’qitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablag’lari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi nizom” 14 ni tasdiqladilar. Bu nizomga keyingi yillarda bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 11 fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qarori 15 bilan kiritilgan o’zgarishlar bilan ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalari budjetlarini hisoblash uchun xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash yo’li bilan budjet mablag’lari hisobidan oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilab beradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling