I BOB BO‘YICHA XULOSA
Keyingi yillarda budjet qonunchiligida va budjet faoliyati amaliyotida qator
o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu o‘zgarishlar birinchi navbatda budjet tizimidagi
islohotlar doirasida budjet qonunchiligini takomillashtirish borasida yangi Budjet
Kodeksining qabul qilinishi, budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartiblarini
takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi va amaliyotga
tadbiq etilishi, davlat budjeti g‘azna ijrosiga o‘tilishi munosabati bilan budjet
tashkilotlari xarajatlari to‘lovini amalga oshirish mexanizmlarining o‘zgarishi va
shu kabi omillar bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, budjet tashkilotlari, budjet mablag’larining ma’lum
darajada chegaralanganligi natijasida o’zlarining xizmatlar sifatini oshirish va
tobora ko’proq iste’molchilarni jalb qilish bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarini
faqatgina budjet mablag’lari orqali qoplay olmay qoldilar. Natijada ularga
budjetdan tashqari mablag’larni tobora ko’proq jalb qilish yuzasidan katta
erkinliklar berildi. Bu jarayonlar budjet amaliyotidagi ko‘p ishlarga boshqacha
yondoshuvlarni talab qilmoqda. Budjet xarajatlarini belgilashda ularni aniq
natijaga, inson omiliga qaratish, budjet mablag‘larini har bir birlik iste’molchiga
nisbatan me’yorlashtirish va shu asosda budjetni rejalashtirish jarayonining
shaffofligiga erishish, budjetdan qilinayotgan xarajatlarning natijaviyligini
21
ta’minlash, mablag‘larning iqtisod qilinishiga hamda oqilona sarflanishiga harakat
qilish, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan budjetdan moliyalashtiriladigan
sohalar va muassasalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash kabilar islohotlarning
markazidagi masalalar hisoblanadi va ularning muvaffaqiyati budjet amaliyotining
aniq, puxta va samarali tashkil qilinishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |