"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/50
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189792
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

 

 


22

 

 



II BOB. BUDJET TASHKILOTLARI MOLIYASINI TASHKIL ETISH VA 

BOSHQARISH AMALIYOTI TAHLILI 

 

2.1. Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning 

amaldagi tartibi 

 

Budjet  tashkilotlari  xarajatlarini  rejalashtirish  va  moliyalashtirishning 

amaldagi  tartibini  ushbu  paragrafda  davlat  oliy  ta’lim  muassasasi

 

misolida ko’rib 



chiqishga harakat qilamiz.  

Davlat oliy ta’lim muassasasi budjet tashkiloti hisoblanadi, u vakolatli davlat 

idoralari  tomonidan  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonunga  muvofiq,  ta’lim  va  ijtimoiy-

madaniy  funktsiyalarni  bajarish  uchun  tuziladi  va  to’liq  yoki  qisman  davlat 

budjetidan moliyalashtiriladi. 

Kadrlar  tayyorlashga  bo’lgan  davlat  buyurtmasi  -  grant  asosida  ta’lim 

oluvchilar soni ta’lim muassasasiga budjetdan mablag’ ajratish uchun asos bo’ladi, 

shu ko’rsatkichga asosan ta’lim muassasasiga budjet mablag’i ajratiladi. 

Oliy  ta’lim  muassasasining  budjeti  -  tegishli  qoidalar  asosida  oliy  ta’lim 

muassasasiga  biriktirib  qo’yilgan  pul  mablag’larining  hosil  bo’lish  va  sarflanish 

shakli.  OTM  ning  budjeti  ta’lim  muassasasi  uchun  umumiy  tarzda  yoki  qisman 

yuridik shaxs maqomi berilgan ayrim bo’linmalari uchun alohida moliyaviy hisob-

kitob qilish uchun tuziladi. 

Ta’lim  muassasasining  budjetdan  oladigan  mablag’lari  -  me’yoriy 

hujjatlarga  asosan  tasdiqlangan  smeta  asosida  Respublika  budjeti  va  mahalliy 

budjetlar  tomonidan  ajratiladigan,  OTM  larining  joriy  xarajatlarini  qoplashga 

mo’ljallangan pul mablag’laridir. 

Oliy  ta’lim  muassasasining  xarajatlari  -  ta’lim  muassasasining  smetada 

belgilangan  xarajat  guruhlari  doirasida  ko’zda  tutilgan  sarfiyotlarini  qoplashga 

yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  28  maydagi  PQ-1345-

sonli  “2010/2011  o’quv  yilida  O’zbekiston  Respublikasining  oliy  ta’lim 




23

 

 



muassasalariga  qabul  to’g’risida”gi  qarori  va  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2010  yil  16  avgustdagi  178-sonli  “Respublikaning  oliy  ta’lim 

muassasalarini  moliyalashtirish  tartibini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi birgalikda “Bir talabani o’qitish xarajatlaridan 

kelib  chiqib budjet mablag’lari hisobiga oliy  ta’lim  muassasalarining  xarajatlarini 

normativ  rejalashtirish  va  moliyalashtirish  tartibi  to’g’risidagi  nizom”

14

ni 



tasdiqladilar.    Bu  nizomga  keyingi  yillarda  bir  qator  o’zgartirishlar  kiritildi. 

Xususan,  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 

vazirligining  2014  yil  11  fevraldagi  7,  5-QQ-sonli  qarori

15

  bilan  kiritilgan 



o’zgarishlar  bilan  ushbu  Nizom  oliy  ta’lim  muassasalari  budjetlarini  hisoblash 

uchun  xarajatlarning  bazaviy  normativlari  va  ularga  tuzatish  koeffitsientlarini 

qo’llash  yo’li  bilan  budjet  mablag’lari  hisobidan  oliy  ta’lim  muassasalari 

xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilab beradi.  




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling