"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala
-jadval Bir talabani o’qitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablag’lari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari
1-jadval
Bir talabani o’qitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablag’lari hisobiga xarajatlarni normativ rejalashtirish tartibi tatbiq etilmaydigan oliy ta’lim muassasalari RO’YXATI 16 № Oliy ta’lim muassasalari nomi 1.
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali
2. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 3.
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 4.
5.
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo’mitasi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari
Xarajatlarning bazaviy normativlari respublika budjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalari uchun ajratiladigan budjet mablag’lari hajmini hisoblash maqsadida qo’llaniladi. Quyidagi jadvalda nomlari
14 O’zR Adliya vazirligida №2136 (26.08.2010) ro’yxat raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 15 Ro’yxat raqami 2136-3, 06.03.2014 y. 16 “Bir talabani o’qitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablag’lari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi to’g’risidagi Nizom”ning 1-ilovasidan olindi 24
keltirilgan OTM lariga xarajatlarni normativ rejalashtirish tartibi tadbiq etilmaydi (1-jadval). O’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag’larni rejalashtirish (xarajatlar smetasini tuzish) va xarajat qilish Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi
to’g’risidagi nizomga 17 asosan hamda qonunchilikka muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirishning ketma-ketligi ta’minlangan holda amalga oshiriladi. Xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo’llash yo’li bilan OTMlar uchun budjet mablag’lari hajmini aniqlash tegishli yil uchun tasdiqlanadigan respublika budjeti parametrlarining “O’rta maxsus, oliy ta’lim va kadrlar malakasini oshirish” xarajatlari doirasida amalga oshiriladi. Moliya vazirligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi har yili kelgusi moliya yili uchun budjet mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika oliy ta’lim muassasalarining guruhlari bo’yicha bir talabani o’qitish xarajatlarining bazaviy normativlarini tasdiqlaydilar. Moliya yiliga OTM uchun budjet mablag’lari hajmini aniqlashda quyidagi xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatuvchi koeffitsientlari qo’llaniladi: a) qonunchilik bilan belgilangan barcha ustama va qo’shimchalarni hisobga olgan holda professor-o’qituvchilar tarkibi, boshqaruv, ma’muriy-xo’jalik va o’quv-yordamchi xodimlarning mehnatiga haq to’lash xarajatlari, stipendiya to’lovlari, ish haqiga tenglashtirilgan to’lovlar hamda OTMni saqlash bilan bog’liq boshqa joriy xarajatlarni (davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq kommunal xizmatlar, foydalanish va o’qitish xarajatlari, joriy ta’mirlash, chiqimga oid materiallar va kam baholi inventarlar hamda boshqa joriy xarajatlar) o’z ichiga oluvchi bir talabani o’qitish uchun joriy xarajatlarning bazaviy normativlari, asosiy aktivlarni xarid qilish va kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan budjet mablag’lari hajmi aniqlanadigan OTMning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va
17 ro’yxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 9-son, 120- modda |
ma'muriyatiga murojaat qiling